Italiyalik muhandislar dunyodagi eng katta 3-D printer tayyorlashdi

Italiyalik muhandislar dunyodagi eng katta 3-D printer tayyorlashdi

Big Delta deb nom berilgan uskunaning balandligi 12 metr. Uning yordamida binolarni qurishda sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi. Printer katta bo‘lishiga qaramay, uni ishlatishda juda kam miqdorda elektr quvvati sarflanadi. Uskunani bo‘ron va toshqinlar ro‘y bergan uzoq joylarga olib borsa bo‘ladi. 3-D printerni tayyorlagan mutaxassislarning ta’kidlashicha undan koinotda ham foydalanish mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yil davomida yer yuzida har kuni minglab binolar bunyod etiladi. Shu bois 3-D printer yordamida uy qurish texnologiyasi juda zarur bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!