ITCONF.ASIA xalqaro forumi: blokcheyn, raqamli ta’lim va IT-texnologiyalar

  •   DiMaX
  •  554
  •  21.10.2019 16:19

ITCONF.ASIA xalqaro forumi: blokcheyn, raqamli ta’lim va IT-texnologiyalar

Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkentda IT-biznesga bag‘ishlangan birinchi ItConf.Asia xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida blokcheyn, IT, iOt va AI texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Asosiy mavzular blokcheyn, marketing, investitsiyalar va raqamli ta’lim bo‘ladi.

O‘QING: Telegram kriptovalyutasi haqida ilk rasmiy xabar: kriptohamyonlarni hozirlab turing!

ItConf.Asia bu – IT-biznesni va unda ishlovchi kishilarni rivojlantiruvchi global forumlar turkumidir. Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh singari jami 15 mamlakatning 26 nafar eng yirik spikerlari chiqish qilishadi.

Forumning maqsadi – IT sohasining xalqaro miqyosdagi professionallari bilan jonli muloqotni tashkil etishdir. Bu esa auditoriyaga blokcheyn sohasining taraqqiyot prognozlarini qurish, loyihalarini rivojlantirish uchun jihozlarni olish imkonini beradi. Asosiy e’tibor investitsiyalar, IT sohasida raqamli ta’lim masalalariga hamda joriy texnologik loyihalarning keyslariga qaratiladi. Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, uning maqsadli auditoriyasi investorlar, rahbarlar, kompaniyalar sohiblari, shuningdek, davlat tashkilotlarining xodimlaridir.

Mazkur forumning tashkilotchilari – Okschain detsentralizatsiyalashgan moliya tizimi hamda didjital-mayningga ixtisoslashgan Terra Crypto forumidir. Tadbirning hamkori esa O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bo‘ladi.

Tashkilotchi – IEO Agency hamda Okschain marketing bo‘yicha direktori Aleksandr Mamasidikov shunday deydi: «PWC tadqiqotiga ko‘ra, 11 yildan so‘ng global iqtisodiy infratuzilmalarning 10-20 foizi blokcheynda ishlaydigan bo‘ladi. IT-industriya ulkan maydonni qoplab oladi. Forum doirasida biz uning bugungi va ertangi kunini muhokama etishni, bilim va daromad olish uchun blokcheyn sohasining rivojlanish yo‘nalishini aniqlashni istaymiz. ItConf.Asia bu – maslakdoshlar muhitidir, hamkorlar, ish beruvchilar va investorlar joyidir».

ItConf.Asia forumining o‘tkazilish joyi:

Toshkent shahri, Mustaqillik shohko‘chasi, 2. Yoshlar ijod saroyi.

Sayt: itconf.asia

Hamkorlar uchun kontaktlar:

Tel.: +99897 261 3993

Email: [email protected]

O‘QING: Yuqori texnologiyalar sohasida nega oqsayapmiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!