Iyul oyining eng kuchli smartfonlari top o'ntaligi

Iyul oyining eng kuchli smartfonlari top o'ntaligi

O'tgan iyul oyida Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari ko'plab yangi qurilmalarni taqdim qildilar. Ta'kidlash kerakki, ularning ko'pchiligi Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan chiqarilgan. Qualcomm kompaniyasining eng so'nggi rusumdagi ushbu chipseti Android smartfonlarga katta kuch berdi va ular AnTuTu'ning iyul oyiga ko'ra eng tez ishlaydigan smartfonlar ro'yxatida MediaTek chipli smartfonlarga deyarli o'rin qoldirishmadi.

Foto: AnTuTu

Ro'yxatdan ko'rish mumkinki, Nubia'ning Red Magic 7S smartfoni tomonidan eng yuqori ko'rsatkich bilan birinchilikni qo'lga kiritgan. Ikkinchi o'rinni esa dunyodagi ilk 200 Vt tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydigan iQOO 10 Pro smartfoni egallagan. Top uchlikni Asus brendining ROG Phone 6 geyming smartfoni yopib beradi. 

Garchi nomida "Pro" qo'shimchasiga ega bo'lsa ham, Red Magic 7S Pro o'zining oddiy modelidan ko'ra biroz past baho bilan ro'yxatning to'rtinchi o'rinidan joy olgan. "Pro" bo'lmagan iQOO 10 esa top beshlikka kirishga muvaffaq bo'lgan.

Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi o'rinlarni Xiaomi'ning yangi "uch mushketyori": Xiaomi 12S Pro, Xiaomi 12S Ultra va Xiaomi 12S ketma-ket band qilishgan.

Ro'yxatdagi Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetiga ega eng so'nggi flagman Realme'ning GT2 Master Explorer nashridagi smartfoni bo'lib, u to'qqizinchi o'rinda turibdi.

Top o'ntalik ichida Xiaomi Mi 12 Pro smartfoni MediaTek'ning Dimensity 9000+ chipseti bilan chiqarilgan yagona flagman bo'lib, u ro'yxatning eng oxiridan o'rin olgan.

O'QING: Taqdimotdan avval OnePlus 10T'ning anboksing videosi tarqaldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!