Iyunda iPhone X dizaynidagi iPad Pro chiqariladi

  •   DiMaX
  •  1054
  •  14.03.2018 15:06

Iyunda iPhone X dizaynidagi iPad Pro chiqariladi

Joriy yilning mart oyi boshida tahlilchi Syu Yubin kupertinolik gigantning bu yil 259 dollar narxida 9.7 dyuymlik iPad Pro taqdim etishini prognoz qilgan edi. Endi esa, Apple ekranining diagonali 11 dyuymlik, yupqa romli va «Home» tugmachasi bo‘lmagan planshet chiqarishi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

O‘QING: Yangilangan iPad Pro plansheti narxi 259 dollardan boshlanadi

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, Apple korporatsiyasining bu yilgi Worldwide Developers Conference anjumani 4–8 iyun kunlari, Kaliforniya shtatidagi San-Xose shahrida joylashgan Mak-Eneri nomidagi anjumanlar markazida o‘tkazilar ekan.

MacRumors resursiga ko‘ra, Apple ushbu tadbirda dizayni xuddi iPhone X smartfoniga o‘xshash bo‘lgan, 11 dyuymli iPad Pro planshetini taqdim etadi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi iPad Pro modellari Face ID skaneriga hamda sakkiz yadroli Apple A11X protsessoriga ega bo‘ladi. Ammo ularda ekranning yuqori qismida «kemtik» bo‘lish-bo‘lmasligi noma’lum.

O‘QING: Diqqat, sensatsiya: Apple endi «iPad X» tayyorlayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!