Jadal ommalashayotgan 10 ta smartfon: muhim jihat va narx-navosi

Jadal ommalashayotgan 10 ta smartfon: muhim jihat va narx-navosi

 

iPhone’dan tortib, Android gadjetlargacha turmush tarzimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deloitte tadqiqot markazining ma’lum qilishicha, smartfon foydalanuvchisi kun davomida o‘rtacha 50 marotaba “aqlli telefon”iga nazar solar ekan. Cisco kompaniyasi tomonidan 2016 yilning 1 fevral kuni e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, 2020 yilga kelib jahondagi mobil aloqa foydalanuvchilari soni 5.5 milliard nafarga yetar ekan. 2016 yilda jahonda smartfon foydalanuvchilari soni 2 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda.

Bu esa sifatli va arzon gadjetlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yuboradi. Xalqaro bozorda xaridorgir smartfonlarning narxi o‘rtacha $350 dan $700 AQSh dollarni tashkil qiladi. Quyida ayni paytda ko‘p sotilayotgan smartfonlarni diqqatingizga havola qilamiz. Narxlar yetkazib beruvchining xizmat haqisiz ko‘rsatilgan.

Apple iPhone 6s/iPhone 6s Plus

Ko‘pchilik uchun Apple’ning ayfonlari dizayn, foydalanishga qulaylik va tezkorlikning qorishuvidan paydo bo‘lgan mukammal mobil vositalar hisoblanadi. Sifatli kamera, tezkor faoliyat, zarur dasturlar bilan ta’minlangan ushbu flagmanlar displeyi bilan ham maqtana oladi.

iPhone 6S:

E’lon qilinganidan qisqa fursat o‘tib, ya’ni 12 sentyabr kuni sotuvga chiqarilib, 28 sentyabrga qadar jahon miqyosida 13 million dona iPhone 6S hamda 6S Plus smartfonlari sotilgan. Uning korpusi uchun samolyot, raketa va sun’iy uchish moslamalari tayyorlash sanoatida foydalaniladigan mustahkam va yengil alyuminiy qotishmasi hamda qattiq shisha qoplamali Retina HD turidagi displey uyg‘unligida salobatli ko‘rinadi.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 9 sentyabr.

Operatsion tizim: iOS 9 | Apple A9 64 bit | Ekran hajmi va turi: 4.7 dyuym (1 dyuym = 25,5 mm) | Ekran turi: Retina HD ultra yuqori aniqlikdagi texnologiya, 3D Touch texnologiya | Ekranning piksel sig‘imi: 1334 x 750 (har kvadrat dyuymda 326 ta belgi) | Tezkor xotira: 2GB | Qo‘shimcha xotira: 16GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 1,715 mAs | Orqa kamera: 12MP | Old kamera: 5MP | Videoga olish: 4K video (3840x2160), 1080p HD, 720p HD, avtofokus va shovqinni kamaytirish texnologiyasi| O‘lchamlari: 138.3 x 67.1 x 7.1 mm | Og‘irligi: 143 gramm |

iPhone 6s bahosi qo‘shimcha xotira imkoniyatlaridan kelib chiqib, $649 dollardan boshlanadi.

Narxi:  $649,

iPhone 6s Plus:

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, sentyabr.

Operatsion tizim: iOS 9 | Ekran o‘lchami: 5.5-dyum | Ekranning piksel sig‘imi: 1920 x 1080 (Retina HD IPS) | Tezkor xotira: 2GB | Qo‘shimcha xotira:16GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 2750 mAs | Orqa kamera: 12MP | Old kamera: 5MP | Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/4G | Protsessor: A9 | Interfeys: Wi-Fi, Bluetooth 4.2, Lightning porti (3.5 mm) | O‘lchami: 158,2 x 77,9 x 7,3 mm | Vazni: 192 gramm |

Narxi: $749 dollar.

Samsung Galaxy S7/Galaxy S7 Edge

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, fevral.

The Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlari Samsung’ning eng mukammal so‘nggi flagmanlari. Ular ayni paytda “jahonning eng yaxshi smartfoni” nomiga ham munosib ko‘rilmoqda. Kamera va displey imkoniyatlari, qorong‘uda ham suratga olish qobiliyati, akkumulyator chidamliligi, suvga bardoshliligi bilan boshqa raqiblaridan ustun.

|O‘lchamlari: 142.4 x 69.6 x 7.9 mm, 152 gramm| Operatsion tizim:     Android 6.0 “Marshmallow”| Protsessor: Samsung Exynos 8890 hamda Qualcomm Snapdragon 820| Tezkor xotira: 4 GB| Qo‘shimcha xotira: 32 va 64 GB| microSD bo‘lmachasi: 200 GB.gacha| Akkumulyator: 3,000 mAs| Displey: 5.1 dyuym (130 mm), 2560×1440 piksel sig‘imli, har dyuymda 577 piksel| Ekran: Quad HD Super AMOLED| Bosh kamera: 12 MP, 1080p formatidagi 4K video yozish| Old kamera: 5 MP|

Narxi: $700 dollar.

S7 Edge: |O‘lchamlari: 150.9 x 72.6 x 7.7 mm, og‘irligi: 157 gramm |Akkumulyator: 3,600 mAs|Displey: 5.5 dyuym (140 mm) har dyuymda 534 ppi|

Narxi: $800 dollar.

Samsung Galaxy Note 5

Taqdim etilgan vaqti: 2015 yil, avgust

|O‘lchamlari: 153 x 76 x 7.6 mm, og‘irligi: 171 gramm| Operatsion tizim: Android 5.1.1 “Lollipop”| Protsessor: Samsung Exynos 7420| Tezkor xotira: 4 GB| Flesh-xotira: 32/64 GB| Akkumulyator: 3000 mA·s| Ekran: 5,7 dyuymli SuperAMOLED multitach, 2560 ×1440 pikselli QuadHD-sig‘imli (har dyuymda 518 piksel)| Kamera: 16 MP, 5 MP old|

Galaxy Note5 fabletining ramkasi avvalgi Note4 planshetinikidan kichik bo‘lsa ham, ularning ekran hajmi teng. Samsung AQShda katta ekranli mobil qurilmalarni ommalashtiriga erishdi. Katta ekran, kuchli akkumulyator, planshet qalamchasiga ega fablet jahonda tezda ommalashdi.

Ekran o‘chiq bo‘lgan taqdirda ham, Note 5’ning qalamchasi planshetga yozish va ularni saqlab qo‘yish imkonini beradi.

Narxi: taxminan $700 AQSh dollari

Google Nexus 5x/Nexus 6P

Google Inc. tomonidan 2015 yilning sentyabr oyida namoyish qilingan mazkur Nexus flagmanlari sifati yuqori, narxi esa raqobatbardosh smartfonlardir.

| Smartfon o‘lchamlari: 146,1 x 72,2 x 7,9 mm | Og‘irligi: 136 gramm| Operatsion tizim: Android 6.0 Zefir| Protsessor: 6 yadroli SoC Qualcomm Snapdragon 808 |Tezkor xotira: 2 Gb| Flesh-xotira|16 Gb / 32 Gb| Akkumulyator: 2 700 mA s| Ekran: 5,2 dyuymli, 1920 × 1080 sig‘imli Full HD sensor| Kamera: 12 MP, old kamera: 5 MP|

Narxi: $349 dollar.

Kattaroq ekranli Nexus 6P flagmanining korpusi metall xomashyosidan ishlangan. Nexus 5’ga o‘xshab ketsa ham, undan farqli ravishda mazkur gadjet tezkor ishlaydi va ekranning namoyish sifati ham yuqori.

|O‘lchamlari: 159,3 x 77,8 x 7.3 mm, og‘irligi: 179 gramm| Operatsion tizim: Android Marshmallow 6.0| Protsessor: Qualcomm Snapdragon 810, 2.0 GGs| Tezkor xotira: 3 GB| Flesh-xotira: 32 Gb, 64 Gb, yoki 128 Gb| Akkumulyator: 3,450 mAs |

Narxi: $499 dollar.

New Apple Inc. iPhone SE smartphones are displayed after an event in Cupertino, California, on March 21, 2016. Apple Inc. unveiled a new, smaller iPhone that will start at $399, seeking to jump-start sales of its flagship product by enticing more users to upgrade, especially in high-growth markets such as China and India.

iPhone SE

Apple`ning joriy yil 21 martidagi taqdimotida namoyish qilingan ixcham 4 dyuymli iPhone SE smartfonining dizayni iPhone 5s hamda qobiliyatlari iPhone 6s`ga tegishli. Ulardan asosiy farqli jihatlari esa texnik xususiyatlari bilan bog‘liq. Yangi mahsulot M9 yonprotsessor, asosiy A9 protsessoriga ega bo‘ldi(1.85 GGs chastotali ikkita Twister yadrosi). Tezkor xotira – 2 Gb. Mazkur protsessor avvalgi A7ga qaraganda samaradorlik jihatdan ikki barobar kuchli ekani va unda Siri muntazam faol qolishi ma’lum qilindi. Mazkur smartfon iPhone 6S’dan $ 250 dollarga arzon.

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, 21 mart

|O‘lchamlari: 123,8 x 58,6 x 7,6 mm, og‘irligi: 113 gramm| Operatsion tizim: iOS| Protsessor: Apple A9/Apple M9| Tezkor xotira: 2 GB| Flesh-xotira| 16 GB/64 GB| Akkumulyator: Li-ion, 1642 mA·s|Ekran: IPS turidagi 4 dyuymli, 640×1136 pikselli, 1136×640 sig‘imli| Kamera: 12 MP bosh, 1,2 MP old kamera|

Mazkur gadjet 31 martdan sotuvga chiqariladi.

Narxi: $ 399 dollar.

OnePlus 2

Xitoyning OnePlus kompaniyasining mahsuloti hisoblangan OnePlus 2 — mobil qurilmalar bozorida muvaffaqiyatga erishgan OnePlus One apparatining navbatdagi avlodi hisoblanadi. Gizmodo blogida mazkur qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida ta’kidlanadi. Unga «flagmanlar kushandasi» degan nom berilgan.

U Oxygen operatsion tizimiga, 5,5 dyuymli AMOLED (1920×1080) ekranga, Qualcomm Snapdragon 810 8 yadroli protsessoriga, Google Android 5.1 operatsion tizimiga, 4K video yozish qobiliyatiga ega 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. 9,8 mm qalinlikdagi qurilmaning og‘irligi  178 gramm.

Qurilma batareyasi  3300 mA quvvat olish imkoniga ega. Bugun yetakchi bayroqdor qurilmalarda barmoq izlarini sensorli skaner qilish tizimining o‘rnatilishi yangilik emas. Mutaxassislar funksional jihatdan bu qurilma shu imkoniyatga ega Samsung Galaxy Note 5, iPhone 6S qurilmalaridan yaxshiroq ekanini ta’kidlashadi.

Narxi: $349 dollar.

LG G5

Smartfonlar hayotiga yangicha kelajak olib kelgan LG G5 boshqa smartfonlar ega bo‘lmagan, ajralib chiqadigan akkumulyatorga va qo‘shimcha “do‘stlari” – aksessuarlarga ega. Uni ajratib olib, o‘rniga boshqa gadjetlarni o‘rnatish orqali, smartfon yordamida vaqtni mazmunli tashkil etish mumkin.

G5 ikkita bosh kameraga egaligi bilan raqobatda boshqa smarftonlardan ustun bo‘lishi kutilmoqda.

Qurilma Snapdragon 820 protsessori, 4 GB tezkor xotira, 2.800 mAs elektr toki sig‘imiga ega quvvat toshi — akkumulyator va  Android 6.0. operatsion tizimining LG UX 5.0 talqiniga ega.

Gadjetning QHD displey 5.3 dyuymli va 2560 x 1440 piksel sig‘imiga ega.

Ilgari taxmin qilinganidek, qurilmada ikkita 16 va 8 MP bosh kameralar mavjud va ular keng — 135 darajali burchak ostidagi suratlarni olish imkonini beradi. Ya’ni, bu inson ikkala ko‘zi bilan ko‘rib turgan manzara kengligidan ham kengroq. Smartfonning old kamerasi 8 MP.

LG G5 joriy yilning 31 martidan boshlab sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Narxi: $600 dollar.

Moto X Pure

Motorola’ning Moto X Pure – katta va yorqin ekranli gadjet Moto X Android smartfonining 3 – avlodi. U 2015 yilning iyul oyida e’lon qilingan.

|O‘lchamlari: 153.9 x 76.2 x 11.1 mm, og‘irligi: 179 gramm| Opreatsion tizim: Android 5.1.1 “Lollipop” hamda Android 6.0 “Marshmallow”| Protsessor: Qualcomm Snapdragon 808| Tezkor xotira: 3 GB|  Qo‘shimcha xotira: 16, 32 va 64 GB| microSDXC qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 128 GB.gacha flesh xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.| Akkumulyator: 3000 mAs, Li-ion| Displey: 5.7 dyuym (140 mm)li 2560 x 1440 (520 ppi) sig‘imga ega Quad HD IPS| Ekran himoya tizimi: Corning Gorilla Glass 3| Old kamera: 21 MP, Sony Exmor IMX230, qo‘sh fotochaqnoq, 4K video yozish| Orqa kamera: 5 MP, fotochaqnoq| Audio tizim: qo‘sh stereo ovoz uzatkich|

Narxi: $399.99 dollar (16 GB talqini).

Microsoft Lumia 950

Lumia 950 smartfoni hattoki jajji kompyuterlikka da’vo qilmoqda. U Windows 10 operatsion tizimining mobil talqini bilan ta’minlangan. Undagi “Continuum” funksiyasi gadjetni klaviatura va monitorga ulab, undan katta ekranda, Windows PC kompyuteri o‘rnida foydalanish imkonini beradi.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 20 noyabr.

|O‘lchamlari: 145 x 73.2 x 8.2 mm, og‘irligi: 150 gramm| Operatsion tizim: Windows 10 mobil talqin| Protsessor: Qualcomm Snapdragon 808| Tezkor xotira: 3 GB| Qo‘shimcha xotira: 32 GB| Qo‘shimcha microSD xotirasi: 200 GB.gacha qo‘llab-quvvatlaydi.| Akkumulyator: 3000 mAs, Li-Ion| Displey: 5.2 dyuym (130 mm)li WQHD (1440×2560) AMOLED, 564 ppi| Himoya shishasi: Gorilla Glass 3| Orqa kamera: 20 MP, LED fotochaqnoq, optik surat barqarorligi, 4K video| Old kamera: 5 MP|

Narxi: $600 dollar.

The Motorola Droid Turbo 2

Uni “dunyoning ilk sinmaydigan ekranli smartfoni” deyishadi. Gadjet qo‘lingizdan tushib ketsa ham, xavotir olmang, uning displeyi juda pishiq. U hatto avtomobil ostida qolsa ham, “tirik” chiqar ekan. Turbo 2 smartfonini bir marta quvvatlab 2 kun undan foydalanish mumkin.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 27 oktyabr

|O‘lchamlari: 149.8 x 78 x 7.6–9.2 mm (bukik), og‘irligi: 196 gramm| Operatsion tizim: Android 5.1.1 “Lollipop” hamda Android 6.0 “Marshmallow”| Protsessor: Snapdragon 810| Tezkor xotira: 3 GB| Qo‘shimcha xotira: 32 va 64 GB| MicroSD (HC, XC) bo‘lmachasi: 2 TB.gacha| Akkumulyator: 3760 mAs| Displey: 5.4 dyuymli, 2560×1440 AMOLED| Orqa kamera: 21 MP, 1080p HD hamda 4K video yozish| Old kamera: 5 MP|

Narxi: $624 dollar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.