Jahon mobil kongressi: HP biznes vakillari uchun Elite X3 smartfonini taqdim qildi

Jahon mobil kongressi: HP biznes vakillari uchun Elite X3 smartfonini taqdim qildi

Hewlett Packard’ning Elite X3 mobil aloqa apparati biznes vakillariga mo‘ljallangan bo‘lib, Windows 10 operatsion tizimida, to‘liq Continuum funksiyasining qo‘llab-quvvatlashi asosida ishlaydi. Bu HP’ning 2 yillik mehnatlari samarasi bo‘lgan ilk yuqori imkoniyatli smartfondir.

HP Elite X3 5.96 dyuymli, 2,560×1,440 piksel sig‘imiga ega AMOLED turidagi displeyli gadjet. U Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Uning quvvat manbai – akkumulyatori 4.150 milliamper soat elektr toki sig‘imiga ega.

Qurilmaning tezkor xotirasi 4 GB. Shuningdek, unda 64 GB qo‘shimcha xotira ham bor. HP smartfonining yana bir o‘ziga xosligi – uning microSD qo‘shimcha xotira kartasi bo‘lmachasi ma’lumot sig‘imi 2 terabaytgacha bo‘lgan qo‘shimcha xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

HP Elite X3 16 MP orqa va 8 MP old kameralarga ega. Telefon apparatining audio tizimi Bang & Olufsen kompaniyasining old ovoz uzatkichlari bilan ta’minlangan. Gadjet ikkita SIM-kartani o‘qish layoqatiga ega.

Qurilma ko‘z qorachig‘i skaneri, barmoq izlari skaneri, suv va changdan, 1 metrgacha balandlikdan tushganda uni sinishdan asrovchi himoya tizimlariga, ma’lumot uzatish va quvvatlash, boshqa funksiyalarni bajaruvchi universal USB Type-C portiga ega.

Dizayn masalasida HP Elite X3 qurilmasi iPhone 6S Plus’ni eslatadi. U alyuminiy korpusga ega. Korpusning orqa tomoni esa silliq plastik xomashyosidan ishlangan.

Smartfon o‘lchamlari – 6.36 x 3,29 x 0,31 mm. bo‘lib, u 195 gramm tosh bosadi.

Apparat ta’minoti va imkoniyatlari jihatidan bu smartfon ilovalarni o‘qish va qo‘llab-quvvatlashda o‘zining raqiblariga qaraganda ancha ustun. Shunisi bilan uning mobil qurilmalar bozorida tez ommalashishi kutilmoqda. Ya’ni, u imkoniyati noutbukka teng va planshetdan ixchamroq apparat sifatida doimo ishi tig‘iz bo‘lgan biznes vakillariga qulay imkoniyatlar yaratib beradi. Xususan, Windows 10 Mobile tizimining Continuum funksiyasi smartfondagi ilovalardan shaxsiy kompyuetrlarda muammosiz foydalanilishini ta’minlaydi. Ya’ni, telefonni kompyuterga ulash orqali ilovalardan katta ekranda foydalanish mumkin.

Buning uchun uni uni kompyuterga ulashga xizmat qiluvchi NR Desk Dock displey porti hamda unga kattaroq ekran vazifasini o‘taydigan, noutbukni eslatadigan HP Mobile Extender dok-stansiyasi ham namoyish qilindi. Uning Full HD-displeyi 12,5 dyuymli. U  klaviaturasi bilan birga 1 kilogrammga yaqin vaznga ega.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!