Jahon universitetlari reytingi e’lon qilindi: MIT yana peshqadam

Jahon universitetlari reytingi e’lon qilindi: MIT yana peshqadam

Buyuk Britaniyaning Quacquarelli Symonds kompaniyasi an’anaviy "Jahon universitetlari reytingi"ni e’lon qildi.

Massachusets texnologiya instituti QS World University Rankings reytingida ketma-ket 3 yil -- 2016, 2017, 2018-yillarda "jahonning 1-raqamli ta’lim muassasasi" deb topildi. Mazkur universitet informatika va axborot tizimlari, injiniring va texnologiyalar yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha jahonning peshqadam ta’lim dargohidir.

Reytingda kuchli o‘nlikdan Stenford universiteti, Garvard universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti, Kembrij Universiteti, Oksford universitetlari o‘rin olishgan.

Massachusets texnologiya instituti AQSh dagi xususiy oliy ta’lim maskanlaridan biri bo‘lib, unga 1861 yilda asos solingan. QS World University Rankings 2016-2017 reytingida universitet barcha yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, MIT'ning ta’lim berish sifati 100 ball, ish beruvchilar o‘rtasidagi nufuzi 100 ballga munocib ko‘rilgan. Shuningdek, bitiruvchilarning ish topishi bo‘yicha ham universitet eng maksimal ballni qo‘lga kiritgan.

Reytingga oid hisobotda Massachusetts Institute of Technology, ayniqsa yangi yo‘nalishlarda tadqiqotlar qilish va ixtirolarning amalga oshirilishi, innovatsiyalarning qo‘llab-quvvatlanishi, jahon miqyosida ish beruvchilarga yaxshi mutaxassislarni yetkazib berayotgani, ta’lim olish muhitining ilg‘orligi bo‘yicha ham tengsiz ekani qayd etilgan.

Ayniqsa, Massachusets texnologiya institutida shaxsni aniqlash tizimlari, elektron globallashuv, axborot texnologiyalarini jamiyat hayoti va sanoatga keng tatbiq qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!