Jahondagi ilk «garmoshka» televizor taqdim etildi – naq 400 ming dollar! (video)

  •   DiMaX
  •  904
  •  03.03.2021 17:53

Jahondagi ilk «garmoshka» televizor taqdim etildi – naq 400 ming dollar! (video)

Katta kvartiralar va dala hovlilar uchun premium televizorlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi C SYeYeD kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib xuddi «garmoshka» kabi yig‘iladigan M1 televizorini taqdim etdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

Ushbu televizor ekrani sharnirlar yordamida to‘rtta joyidan buklanadi — displey beshta seksiyadan iborat, biroq yoyilgan holatda u ko‘zga tashlanmaydigan hoshiyalarsiz, yagona panel kabi. Mazkur konstruksiya televizorni polga yashirish mumkin bo‘lishi uchun o‘ylab topilgan. Panel tom ma’noda uy egalarining ko‘z o‘ngiga poldan chiqib keladi va yoyiladi.

Tabiiy televizor juda katta — diagonali 165 dyuym. Uy uchun 55 dyuymlik modellar standart katta televizor hisoblanadi. C SYeYeD M1 televizori esa 4K sifatni qo‘llab-quvvatlovchi MicroLED matritsaga ega bo‘lgan. Yorug‘ligining yuqori nuqtasi 1000 nit va yaxshi ichki akustikaga ega.

C SYeYeD M1 televizori juda qimmat hashamat bo‘lgani sabab u faqat buyurtma asosida tayyorlanadi va juda qimmat narxda sotiladi — 400 ming dollar. Butun konstruksiyani polga joylashtirishga qancha mablag‘ sarflanishi noma’lum.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi