Jahonning eng kuchli kompyuteri Xitoyda yaratildi

Jahonning eng kuchli kompyuteri Xitoyda yaratildi

Xitoyda yaratilgan super kompyuter “jahonning eng kuchli elektron qurilmasi” degan nomga munosib ko‘rilmoqda.

Sunway TaihuLight nomli kompyuter Milliy superkompyuter markazida o‘rnatilgan. 93 operatsion jarayonni amalga oshirish tizimi bilan ta’minlangan kompyuter soniyasiga 93,000 trillion hisoblash ishlarini amalga oshirish salohiyatiga ega. Sunway TaihuLight avvalgi – Xitoyda yaratilgan Tianhe-2, jahonning yana bir kuchli kompyuteridan 2 marotaba tezkor va 3 marotaba sermahsul kompyuterdir.

Linux kompaniyasiga qarashli operatsion tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi kompyuter 10,5 millionta yadro toshiga, 40,960 ta aloqa almashish bog‘lamalariga ega.

Mazkur superkompyuterdan ishlab chiqarishda, ob-havo ma’lumotlarini qayta ishlashda, yirik ma’lumotlarni tahlil qilishda foydalanish mumkin.

500 dan oshiq jahonning “eng kuchli kompyuterlari” o‘rin olgan ro‘yxatda Xitoy 167 ta superkompyuterlari bilan hisobida 165 ta shunday EHM bo‘lgan AQShdan o‘zib ketdi.

So‘nggi 10 yilda Xitoyda 28 ta kuchli kompyuter tizimi yaratilgan va bularning barchasi eng oldi 30 talikdan joy olgan. Superkompyuterlashtirish tarixida hali biror mamlakat bu natijani qayd etmagan.

Xitoyning 2 kompyuteridan keyin eng kuchli 10 talikni AQShning 2 ta kompyuteri egallab turibdi. Shuningdek, Yaponiya, Shveysariya, Germaniya, Saudiya Arabistonining elektron hisoblash mashinalari ham o‘ntalikdan joy olgan.

“Bunday kompyuterlarni yaratishda eng murakkab ish ko‘p sonli kompyuter yadrolarini nazorat qila olish ko‘nikmasiga ega dasturiy ta’minotni yarata olishdir”, deydi soha eksperti Les Karr.