Jahonning eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilindi

Jahonning eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilindi

AQSh Iste’molchilari kengashiga qarashli, Amerikaning nufuzli Consumer Reports mahsulotlar tavsifiga bag‘ishlangan oylik jurnali o‘zining 13 aprelda chop etilgan sonida jahonning eng yaxshi smartfonini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy S9 hamda S9+ reytingda yaqqol peshqadam bo‘ldilar. O‘tgan ikki yillar mobaynida Galaxy S8 va Galaxy S7 eng yaxshi mobil aloqa vositalari deb topilgan edi.

Consumer Reports mutaxassislari Samsung Galaxy S9 hamda S9+ o‘z uslublari va mezonlari bo‘yicha baholab, smartfonlarni ayni paytdagi “eng yaxshi gadjet”, deb topishgan. Ulardan so‘ng reytingda S8 Active (79 ball) va S8 Plus (79 ball) modellari o‘rin egallashgan.

Ekspertlarning fikricha, garchi flagmanlar "ajdodlari"ga qaraganda katta farqqa ega bo‘lmagan bo‘lishsa ham, ammo ularning diqqatga sazovor tomonlari bor. Samsung flagmanlariga 100 dan 81 ball qo‘yilgan.

O‘qing: Snouden Telegram'ning bloklanishi bo‘yicha fikrini bildirdi

Misol uchun, Consumer Reports mutaxassislariga ko‘ra, bu yilgi flagmanlar juda pishiq qilib ishlangan. Ayniqsa, sinov jarayonida yangi modellarning ekrani Galaxy S8 va S8+ smartfonlarinikidan ancha chidamli bo‘lib chiqdi. Xususan, Galaxy S9 eng pishiq va chidamli ekranga ega bo‘lib chiqdi.

Shuningdek, ekspertlar smartfonlardagi samaradorlikni oshganini ham qayd etishdi. Va, AKG brendiga mansub, Dolby Atmos texnologiyasiga asoslangan sifatli stereodinamiklar hamda qulay joyga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri ayni muddao. Yana bir muhim jihati sifatida qiyofa hamda ko‘zning pardasini uyg‘un holda skaner qiluvchi old kamera faoliyati ham alohida qayd etilgan. Biroq, mutaxassislarning fikricha, akkumulyator sig‘imining kichraytirilgani yaxshi qaror bo‘lmagan.

Consumer Reports saytida e’lon qilingan reytingda, shuningdek Apple iPhone 8 (79 ball) hamda 8 Plus (ball) modellari yettinchi va oltinchi o‘ringa, iPhone X (78 ball) esa sakkizinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan. Amerikalik kompaniya flagmani dizaynini tubdan o‘zgartirgan bo‘lsa ham, negadir reytingda hanuz yuqorilay olmayapti.

O‘qing: Amerika xitoylik IT-gigantlardan biriga sanksiya qo‘lladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!