"Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!

Xiaomi, Vivo va Oppo kompaniyalari o‘zlariga tegishli bo‘lgan smartfonlar aro ma’lumot almashishni oson va qulay qilish maqsadida birlashishganini ma’lum qilishdi.

Oddiyroq qilib aytganda, endi ushbu kompaniyalardan biriga tegishli smartfondan ikkinchi kompaniyaga tegishli smartfonga o‘tishda foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini qanday qilib yangi smartfonga o‘tkazish haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

Изображение

Xiaomi, Vivo va Oppo maksimal darajada turli formatdagi barcha shaxsiy ma’lumotlarni eng yuqori tezlikda xech qanday internet-trafik yoki ilovalarsiz almashinishni kafolatlaydi.

Ushbu uch smartfonsoz boshqa kompaniyalarni ham “jamoa”ga qo‘shilishga chorlagan. Aytish kerakki, bir necha daqiqa oldin Realme kompaniyasi ushbu taklifni qabul qilganini ma’lum qildi. Ko‘ramiz, yana qaysi brend foydalanuvchilar foydasini ko‘zlar ekan.

O‘QING: "To‘rtko‘z" Redmi Note 8 Pro ilk marotaba “jonli” suratlarda namoyon bo‘ldi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!