Jangovor robot xuddi odamga o‘xshaydi: Ilon Mask yangi rejasini oshkor qildi

  •   Saroy
  •  1000
  •  15.10.2018 18:19

Jangovor robot xuddi odamga o‘xshaydi: Ilon Mask yangi rejasini oshkor qildi

Ilon Mask o‘zining «tvitterida» «Mexani yaratish vaqti keldi» degan xabarni e’lon qildi. «Mexa» so‘zi Yaponiya komikslari va multfilmlaridan olingan, bo‘lib, u odamga o‘xshash jangovor robotlarni anglatadi.

Hozircha hech kim Ilon Mask haqiqatan ham  ulkan robotni yasashga kirishmoqchimi yoki shunchaki hazillashayapti, bilolmayapti. O‘tgan safar shunday hazili Boring Company brendi ostida  olov purkaydigan qurilma ishlab chiqarish bilan nihoyalangan edi. Bu safar esa nima bo‘larkan, deb boshini qotirayotganlar anchagina.

O‘QING:Ilon Mask o‘zining elektr samolyoti konseptini oydinlashtirdi

Chamasi, Ilon Mask multfilmlar ishqibozi ko‘rinadi. So‘nggi xabarlarining birida u «Sening isming» multfilmini yaxshi ko‘rishini yozgandi. Bu  yaponiyalik animator Makoto Sinkayaning asari. Obunachilar bilan muloqotda ham u yapon multfilmlaridagi iboralarni ko‘p qo‘llaydi.

O‘QING:Ilon Mask butun dunyoni bepul internet bilan ta’minlay oladimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!