Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

  •   DiMaX
  •  848
  •  24.06.2021 13:38

Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

Yoz oylari yurtimizda juda issiq kechadi va bu holat elektrotexnika jihozlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Rossiyskaya gazeta» nashri jaziramada smartfonning qizib ketishiga va ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikning beshta oddiy usulini tavsiya etgan.

O‘QING: iPhone bunaqa jaziramaga bardosh berolmasligi mumkin

  1. Smartfonni quyoshli joyda qoldirmang. Kishilar ko‘pincha tomorqada ishlayotib yoki sohilda dam olayotib, biror qo‘ng‘iroqni eshitmay qolmaslik uchun telefonni ham yonlariga qo‘yib qo‘yishadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari esa, avvalo, akkumulyatorning qizib ketishi, oxir-oqibatda tez ishdan chiqishiga olib keladi. Qolaversa, hozir ko‘pchilik smartfonlarda AMOLED-displeylar o‘rnatilgan va ular quyosh nurida kuyishi mumkin.
  2. Devaysingizni g‘ilofda saqlamang. Smartfon quyoshli joyda yotgan bo‘lsayu, ustiga chexol ham kiydirilgan bo‘lsa, uning qizishi yanada tezlashadi. Ayniqsa, to‘q rangli g‘iloflar quyosh nurini o‘ziga ancha ko‘p yutadi.

O‘QING: Smartfonning ishlash muddatini qanday uzaytirish mumkin?

  1. Smartfonni zo‘riqtirib qo‘ymang. Ko‘p resurs talab qiluvchi vazifalar – o‘yin o‘ynash, film tomosha qilish (ayniqsa onlayn rejimda) va hokazolar tufayli smartfon qizishini bilasiz. Jazirama havo sharoitida esa bular unga qo‘shaloq zarba bo‘ladi, shu boisdan quyoshda toblanayotib, smartfonda bu kabi ishlarni qilmang.
  2. Smartfonni quvvatlamang. Telefoningiz zaryadlash jarayonida ham qizishini payqagan bo‘lsangiz kerak. Quyosh tushib turgan, havo o‘zi issiq bo‘lgan joyda bu ishni qilish ham yaramaydi. Zo‘riqtirib ishlatish holatida bo‘lgani kabi, bunda ham qurilmangiz ishdan chiqishi yoki kamida uning batareyasi to‘zishi turgan gap.
  3. Aloqa signali past bo‘lgan joylarda smartfondan foydalanmang! Gadjet bunaqa holatlarda antenna izlab, akkumulyator quvvatini odatdagidan ko‘proq sarflaydi; bundan tashqari, zararli nurlanishni ham ko‘proq taratadi. Issiq havoning ta’siri ustiga bular ham qo‘shilib, devaysingiz shikastlanishi va o‘zingizga ham ziyon yetkazishi mumkin.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.