Jaziramani yengishda yaponlar ishlatadigan 9 ta innovatsion buyum

  •   DiMaX
  •  1255
  •  07.07.2021 11:59

Jaziramani yengishda yaponlar ishlatadigan 9 ta innovatsion buyum

Yaponiya — sharqiy ekzotikasi, noodatiy oshxonasi va g‘ayrioddiy tabiati bilan sayohatchilarni hayratga soladigan dunyoning eng go‘zal mamlakatlaridan biridir. Tog‘lar, vulqonlar, o‘rmonlar va daryolar — bularning barchasi uchta katta va bir nechta kichik orollarda to‘plangan. Yaponlar juda serg‘ayrat odamlar: ular yoz jaziramasini yengillashtirish uchun ba’zi qiziqarli narsalarni o‘ylab topganlar, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

Sovitadigan yenglar

Yoz boshlanishi bilan futbolka va maykalar mavsumi boshlanadi, ammo yaponlarning hammasi ham quyoshda qorayishni yoqtirmaydi, shuning uchun ular jazirama kunlar uchun antiqa yeng o‘ylab topishgan. Ular nafaqat qo‘llarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi, balki sovitish ta’siriga ham ega. Ayol va erkaklar uchun alohida yenglar mavjud bo‘lib, yuz va bo‘yin uchun bandana ham xuddi shu matodan tayyorlanadi.

Kiyim uchun sovitadigan purkagichlar

Bunday purkagichlar aksariyat do‘konlarda va turli xil brendlarda sotiladi, ammo barchasi bir xil ta’sir va yalpiz hidiga ega. Ushbu purkagichni bilan kiyim ichki qismiga sepib, muzdakkina bo‘lib olasiz. Ammo bu ta’sir uzoq davom etmaydi. Shuningdek, yuz va bo‘yinni sovitadigan ho‘l salfetkalar ham bor.

Terlashga qarshi nakleykalar

Ular ikki xil bo‘lishi mumkin: quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek kiyimga yopishtirilgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga. Bu juda ko‘p terlaydigan, lekin issiqda ham toza ko‘rinishga ega bo‘lishni istaganlar uchun ayni muddao.

Yelpig‘ichlar

Ushbu buyum O‘rta asrlardan beri hech kimni hayratga solmay qo‘ygan, ammo Yaponiyada yelpig‘ichlarlar shu qadar mashhurki, ularni istalgan joydan sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, uning juda ko‘p turlari mavjud: arzonroq qog‘oz yelpig‘ichlardan tortib qo‘lda tikilgan kashtali qimmatbaho ipaklilariga qadar. Bunday buyum nafaqat issiqda najot, balki sayohatdan uyga qaytgandan keyin ham esdalikka aylanadi.

Qo‘l ventilyatorlari

Yelpig‘ichlarni yaponlarning keksa avlodi foydalanishni ma’qul ko‘rsalar, yoshlar innovatsion usullarga intilishadi va qo‘l ventilyatorlarini sotib olishadi. Tiqilinch transportda yoki idorada ular juda qo‘l keladi. Kichik bolalar issiqda noqulaylik sezmasligi uchun bolalar aravachalari uchun ko‘chma ventilyatorlar ham mavjud. Quruvchilar uchun ham mini ventilyatorli maxsus kurtkalar ishlab chiqariladi.

Sovitadigan sochiqlar

Bunday sochiqlarni sovuq suvda namlashning o‘zi kifoya, suvni shimib olgan sochiq sovuqni uzoq vaqt ushlab, tanani salqinlantiradi. Mashg‘ulot va sayr paytida ushbu sochiqlar o‘rnini hech nima bosolmaydi. Ular kiyimlarni ho‘l qilmaydi, oddiy sharfga o‘xshash bo‘ladi.

Salqinlik beruvchi niqoblar

Hozirda ushbu buyumsiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi, butun dunyoda qishda ham, yozda ham hamma niqob kiyishga majbur. Ammo Yaponiyada sochiqlar singari suvda namlash mumkin bo‘lgan niqoblar ixtiro qilingan: u ho‘l bo‘lmaydi, lekin salqinlik beradi. Bundan tashqari, bunday niqoblarda nafas olish qulay, material tuzilishi ham terni yutishga imkon beradi.

Muzlatilgan ichimliklar

Deyarli har bir do‘konda muzlatilgan suv, sharbat yoki alkogolsiz ichimliklar sotiladi. Ularni sayr qilganda olib yurish qulay, ichimlikni 2-3 soat o‘tgach, muzdan tushgandagina ichish tavsiya qilinadi.

Hayvonlar uchun sovituvchi gilamchalar

Hayvonlar ham issiqdan aziyat chekadi, ayniqsa, ular uy sharoitida bo‘lsa va tor kvartiralarda yashasa. Ammo yaponlar buning yo‘lini ham topishgan: ular nafaqat har xil o‘lchamdagi sovituvchi gilamchalarni, balki it va mushuklar uchun nimchalarni ham taklif qilishadi. Bunday kiyimlar suv bilan namlanadi va hayvonga kiydiriladi.

O‘QING: Yangi – «ONLIME» tarif rejasi: jazirama yozda salqinlanib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.