Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

  •   Saroy
  •  826
  •  10.10.2018 10:21

Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

Amazon faoliyatini 1994 yilda kitob savdosi bilan boshlagan edi, kuni kecha esa  kompaniya  bozor qiymati 1 trillion dollarga yetgan (hozir biroz oz) dunyodagi uchinchi biznes tuzilmaga aylandi. 2018 yilda Amazon asoschisi va dunyodagi eng boy kishilardan biri Jeff Bezos davlatini  67 mlrd dollarga ko‘paytirib oldi. Uning boyligi  har soatda taxminan 8 million dollarga ortmoqda. Ayni paytda tadbirkorning jami boyligi  167 milliard dollarni tashkil etadi. Endi u sayyoramizdagi eng ko‘p puli bor biznes odamlari orasida yettinchi o‘ringa chiqib oldi.  Google asoschisi Larri Peyj va Sergey Brin ham endi ro‘yxatda Bezosdan ortda bormoqda. Savol tug‘iladi,  Amazon kompaniyasi va uning asoschisi nimaning evaziga bunday muvaffaqiyatga erishdi?

Uzoqni ko‘rish iqtidori

Bloomberg’ning yozishicha,  Amazon kompaniyasining muvaffaqiyatiga Bzosning uzoqni ko‘zlab fikr yuritishi, strategik yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlashi hamda kelajakda nima trendga aylanishini oldindan bilish iqtidori asos bo‘lgan. Masalan, u internet orqali savdo qulayligini oldindan anglab yetgan. «Agar siz, 3 yillik istiqbolni ko‘zlab  bir ish qilayotgan bo‘lsangiz, u holda siz ko‘p sonli odamlar bilan musobaqalashayotgan bo‘lasiz. Agar yetti yillik istiqbolni ko‘zlab sarmoya jalb qilayotgan bo‘lsangiz, u holda siz oz sonli raqobatchilar bilan musobaqalashayotgan bo‘lasiz», — degan edi Bezos 2011 yilda bergan intervyusida.

O‘QING:Bezos, Geyts, Mark — ular nimaning orqasidan shuncha tez boyimoqda?

Bezosning strategiyasiga to‘liq baho berish uchun, investorlarga ham ancha vaqt kerak bo‘ldi. Kompaniyaning aksiya narxi so‘nggi paytda keskin oshib bormoqda. Bunga,  Bezos bundan 10 yil avval qabul qilgan bir nechta qarorlar asos bo‘ldi. Xo‘sh, u qanday qaror edi?

1. Onlayn-do‘kon  assortimentini kengaytirish

Biznesni kitob savdosidan boshlagan Bezos internetning an’anaviy do‘konlardan ustunlik tomonlarini hammadan oldin ko‘ra oldi. Dastlab u  assortimentni musiqa va filmlar bilan  boyitdi, so‘ngra esa uyinchoqlar va elektronika mahsulotlarini ham qo‘shdi.

2. Amazon’ning  marketpleysga aylanishi

2001yilda Amazon o‘zining  marketpleysini ishga tushirdi va assortimentini mustaqil sotuvchilarni jalb qilish (albatta, ma’lum miqdorda haq evaziga) evaziga kengaytira boshladi.  Hozirda sayt orqali amalga oshirilayotgan savdoning yarmidan ko‘p qismi Marketpleysga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchillik sotuvchilar esa mollarini saqlash, qadoqlash va yetkazib bergani uchun Amazon’ga qo‘shimcha haq to‘laydi. Bu esa Amazon’ga  xarid qilmay turib, ya’ni pul sarflamasdan  ko‘p miqdorda mol taklif qilish imkonini beradi. Bu uning chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan Walmart’ga o‘xshash raqobatchilar oldida asosiy ustunligidir. Ayni paytda, Walmart  ham o‘zining marketpleysini yaratmoqda.

O‘QING:Amazon rahbari nega bu balandlikda shisha sindirdi?

3. Amazon Web Servici

2006 yilda Bezos Amazon Web Service  bulutli veb-servis platformasini ishga tushirib, o‘zining uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatini yana bir bor namoyish qildi. Onlayn orqali xarid qiluvchilar safi borgan sari kengayib borar ekan, u bilan birga biznes ham, IT-infratuzilmalari ham  uni shunchaki Amazon’dan   ijoraga olmoqda.  Ayni paytda Amazon bulutli hisoblash bozorida karvonboshilik qilmoqda. Kompaniya hozirda ko‘rayotgan  daromadining yarmidan ko‘pini  AWS  orqali topmoqda.

4.  Prime’ga obuna bo‘lish

Darvoqe, Bloomberg’ning ta’kidlashicha, Amazon muvaffaqiyatining asosiy sababi  2005 yilda ishga tushirilgan  Prime loyihasi hamda unga  obuna bo‘lishdir. Obuna bo‘lish bahosi bir yilga 119  dollar. Ushbu loyihaga obuna bo‘lganlarga  turli bonuslar ko‘zda tutilgan,  masalan, xaridni yetkazish uchun yoki Amazon yaqinda sotib olgan  Whole Foods’dagi diskontlarni aytish mumkin.  Ayni paytda  Prime’da  kompaniyaning 100 milliondan ortiq obunachisi bor. Har yozda Amazon Prime’ga obuna bo‘lgan xaridorlar uchun  arzonlashtirilgan tovarlar savdosini tashkil etadi — uni «iyuldagi Rojdestvo», deb ham atashadi. Bunday arzonlashtirilgan tovarlar savdosi brendning mashhurligini yanada oshiradi va narxi tushirilgan mollarni qidirib yurgan yangi  xaridorlarni o‘ziga jalb etadi.

O‘QING:Forbes: Amazon asoschisi yilning eng omadli milliarderi

5. Amazon gadjetlari

Financial Times Amazon’ning hal qiluvchi qarorlaridan biri, Amazon Kindle hamda  Amazon Alex «aqlli» kolonkasini chiqargani bo‘ldi, deb hisoblaydi. Bundan avval kompaniya o‘zining Fire smartfonini chiqargandi, lekin smartfon bozorda  muvaffaqiyat qozonmadi.

Tahdidlar

Amazon’ning rivojlanishini to‘xtatib qoladigan tahdidlar mavjudmi?  Bu borada  Bloomberg bir nechta tahdidlarni sanab o‘tdi. Masalan,  AQShda bozorning monopollashuvi  bilan bog‘liq havotirning ortib borayotgani hamda AQShdan tashqarida Amazon’ning klonlarini tashkil etish g‘oyalari shular jumlasidandir.

O‘QING:Amazon o‘z mahsulotlari dronlarda yetkazib bermoqchi

 

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.