Jeff Bezosdan 5 ta iqtibos

Jeff Bezosdan 5 ta iqtibos

Boyligi 186 milliard AQSh dollarga baholangan Jef Bezos hozirda dunyoning eng boy ikkinchi kishisi deya e’tirof etiladi. Milliarder motivatsion ruhdagi ko‘pgina fikrlar muallifi hamdir. Keling, muallifning ilhom baxsh fikrlar dunyosiga sayohat qilamiz.

O‘QING: Amazon bosh direktorligini tark etgan Bezosning boyligi rekord darajada o‘sdi

Jef Bezosni tanimaydiganlar uchun eslatib o‘tamiz, o‘sha olamga dong taratgan Amazon, Blue Origin, Amazon Web Services, The Washington Post va Whole Foods kompaniyalarining asoschisidir.

Faoliyati davomida Bezos elektron tijorat, logistika va nashriyot kabi ishlarni misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy topishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Xo‘sh, hozirda deyarli oramizdagi afsonaga aylanib ulgurgan bu milliarder o‘z kitoblarida bizga nimalar der ekan?

Endi esa milliarder borasida qiziqarli faktlarga bir nazar solsak, Powerpoint'ni Bezosning jini suymasdi. Uchrashuvlarni shunchaki osuda o‘tishini xohlardi.

Shuningdek, garchand Jeff Bezos kompaniyasi AQSh elektron tijorat bozorining 47 foiziga egalik qilsada, lekin hech qanday foyda ko‘rmaydi (daromad bozor ulushi uchun qayta sarmoya sifatida kiritiladi).

Jef Bezos dastlab o‘z faoliyatini kitob sotish bilan boshlagan va keyinchalik dunyo bozorlaridan biriga aylangan Amazon'ning asoschisi hisoblanadi.

Endi esa, milliarderning qaynoq fikrlari bilan tanishib chiqaylik:

1. “Har yili amalga oshiradigan tajribalaringiz sonini ikki baravar oshirish bilan kashshoflik qobiliyatingizni ham ikki baravarga oshirasiz.“

2: “Hayot keraksiz odamlar bilan vaqt sarflash uchun juda qisqadir.“

3.“Kompaniya brendi nomi xuddi kishining shon-shuhratiga o‘xshaydi. Negaki, shon-shuhartga siz mislsiz qiyinchiliklar orqali erishasiz.“

4. “Agar boshi berk ko‘chaga kirib qolsangiz, bu ko‘chadan faqatgina o‘z yo‘lingizni yaratish orqali chiqishingiz mumkin.

5. “Qo‘limizdan keladigan yagona narsa bu hamisha kelajakka suyanishdir. Agar atrofingizdagi dunyo o‘zgarayotgan bo‘lsa va bu o‘zgarishlar siz kutgandek bo‘lmasa, bu holatda nima qilish kerakligini aniqlab olishingiz kerak, negaki nolish, shikoyat qilish bilan muammolaringiz hal bo‘lib qolmaydi.

Milliarderning Amazon haqidagi fikrlari

Amazon'ning tayanchi:
Nega 18 yildan bunday muvaffaqiyatni qo‘ldan boy bermay kelayotganligimizning sababi juda oddiy: uchta ustuvor g‘oyamizga muvofiq ish yuritamiz. G‘oyalarga keladigan bo‘lsak: mijozlarimizni ustun qo‘yamiz, kashf etishdan to‘xtamaymiz va sabr qilamiz.

Ikki xil turdagi kompaniyalar mavjud bo‘lib, ulardan biri pul to‘lash uchun qattiq mehnat qilishsa, ikkinchisi pul olish uchun mehnat qiladi. Bizning kompaniyamiz keyingi turga mansubdir.

O‘ziga xosligi:
Doimo Amazonning o‘zgacha va yangiliklarga boy bo‘lishini xohlaymiz. Shuning uchun “Amazon.com“ nima qilishi mumkinligi ayta oladigan birorta analog yo‘q.

Bizneslarimizdan doimo sof foyda kelishini kutamiz. Bizga u keltiradigan foyda juda muhim, aks holda bu biznesni yuritmagan bo‘lardik.

Mijozlar bilan ishlashning ahamiyati:
Internet olamida nega qolgan olti nafar raqobatchilarimizga nisbatan ilg‘or ekanligimizning birdan-bir sababi bu: biz bor e’tiborimizni mijozlar bilan ishlashga qaratamiz. Albatta, bu har qanday biznesda muhim ahamiyat kasb etadi. “Mijozlarimiz haqida emas, o‘zimiz haqimizda qayg‘urishni boshlagan lahzamizdan boshlab Amazon'ning halokati tomon dastlabki qadam tashlangan bo‘ladi. Shuning uchun biz imkon qadar bunday vaziyatdan qochishga harakat qilamiz.

Sabr borasida:
Ba’zan, o‘zgarishlardan, yangiliklardan qochib bo‘lmaydi. Buning eng yomon jihati shundaki, o‘zgarishlar qancha vaqt davom etishini aniq bilolmaysiz. Lekin sabr-qanoatli bo‘lsangiz, albatta, buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Aytaylik, elektron kitoblar yoki infrastrukturaviy veb xizmatlar jamiyatga kirib kelishi kerak edi, shunday bo‘ldi ham. Shuning uchun uzoqni ko‘zlab, sabr qilsangiz, hammasiga guvoh bo‘lasiz.

O‘QING: Dunyodagi eng boylarning yangi reytingi: asosan IT-gigantlar egalari!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!