Jek Dorsining tarixdagi birinchi Twitter posti 2,9 mln dollarga sotildi

Jek Dorsining tarixdagi birinchi Twitter posti 2,9 mln dollarga sotildi

Tarixdagi birinchi tvit — Twitter asoschisi Jek Dorsining Twitter’dagi ilk xabari auksionda 2,9 million dollarga sotildi. Bu haqda Valuables onlayn auksionining saytiga tayanib, «RBK» orqali Daryo xabar berdi.

O‘QING: Mask, Geyts, Bezos kabilarning Twitter-akkauntlarini buzib, $100.000 o‘margan 17 yashar «Ahmadboy» uch yilga qamaldi

Jek Dorsi tomonidan yozilgan ijtimoiy tarmoqdagi birinchi xabarni NFT-token shaklida Bridge Oracle kompaniyasi rahbari Xakan Estavi sotib oldi.
«Tvit Xakan Estaviga 2 915 835 dollar 47 sent evaziga sotildi», — deyiladi xabarda.

Dorsi o‘z Twitter sahifasida Estaviga minnatdorchilik bildirdi va pullarni bitkoinda Afrikadagi Give Directly xayriya tashkilotiga o‘tkazganini xabar qildi. Xaridor ham o‘z Twitter sahifasida pullarning xayriyaga o‘tkazilganidan xursand ekanini yozdi.

Mart oyining boshida ijtimoiy tarmoq asoschisi tarixdagi birinchi tvitni auksionga qo‘ydi. 2006 yilning 21 mart kuni Dorsi «just setting up my twttr» («shunchaki, Twitter’imni sozlayapman»), deb tvit qoldirgan. Keyinchalik Dorsi savdodan tushgan pullarni bitkoin ko‘rinishida Afrikadagi qashshoqlarga berishini aytgan edi.

O‘QING: «Marusya» 14 fevral arafasida Twitter’da to‘ylar o‘tkazyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!