Jek Ma "Xitoyning eng boy kishisi" maqomini raqibiga boy berdi

Jek Ma

Alibaba kompaniyasi egasi Jek Ma badavlatlikda Xitoydagi peshqadamlikni boy berdi. 7 avgust kuni uning familiyadoshi, Xitoyda Poni Ma nomi bilan tanilgan tadbirkor Forbes jurnalining "Xitoyning eng boy kishisi" maqomiga loyiq ko‘rilgan.

Tencent internet kompaniyasi asoschisi Poni Maning hisobidagi boylik ayni paytda $37 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, Jek Maning davlati esa $36.2 milliard dollar.

Poni Ma Xitoyning eng ommabop WeChat ilovasiga egalik qiladi. 2011 yilda e’lon qilingan messenjer 2017 yilda jahondagi eng ommalashgan dasturlardan biriga aylandi. Ayni paytda uning 938 million nafar foydalanuvchisi bor.

WeChat ilovasiga qarshi Jek Ma tomonidan Alipay ilovasi ishga tushirilgan edi. 2017 yilda WeChat'ning faol foydalanuvchilari 600 million, Alipay'niki  450 million nafarga yetgan.