JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

  •   DiMaX
  •  2265
  •  14.01.2020 13:17

JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

«Qurilmalarni qiynovchi» Zak Nelson (Zach Nelson) smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri hisoblanadi. U o‘zining JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

JerryRigEverything har xil modellarni sinab ko‘rib, 2019 yilning eng mustahkam, eng innovatsion va eng ta’mirga yaroqli smartfonlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yilgi ommabop telefonlar orasida Google Pixel 3a eng ta’mirga yaroqlisi ekan. Ta’mirga eng yaroqsiz smartfon sifatida esa u dunyodagi ilk buklamafon – Royole Flexpai modelini aytgan. Shuningdek, zamonaviy iPhone’larning ham ta’mirga yaroqsizligini eslab o‘tgan.

Zak Nelsonga ko‘ra, 2019 yilning eng innovatsion smartfoni – orqa panelida ham ikkinchi ekranli Nubia Z20 ekan. Shuningdek, vloger proyektorli Blackview Max 1 smartfoni hamda Galaxy Fold buklamafonini ham tilga olib o‘tgan.

Eng chiroyli smartfon nominatsiyasida Samsung Galaxy A80 e’tirof etilgan, ammo u «ichki tomonidan» eng ko‘rkam ekanligi aytilgan. Xiaomi korporatsiyasi «yong‘oqchaqar» deya rosa maqtangan Redmi Note 7 modelini Zak avval sinab ko‘rgani videosini e’lon qilgandik. Vloger bu gal ham uning eng zarbaga chidamsiz smartfonlardan biri, deya e’lon qildi! Pixel 4 XL ham eng chidamsizlaridan biri ekan, lekin qizig‘i – eng mustahkam deya Google’ning boshqa bir, tag‘in nisbatan arzon – Pixel 3a smartfoni e’lon qilingan!

Aytish kerakki, yuqoridagi berilgan baholar – Zak Nelsonning sub’yektiv fikridir; ammu vloger ularni o‘z tajribalari asosida chiqargan.

O‘QING: JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!