JerryRigEverything: «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni – ayni mana shu o‘rta narxli modeli bo‘ladi!» (+video)

  •   DiMaX
  •  2782
  •  11.03.2020 09:12

JerryRigEverything: «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni – ayni mana shu o‘rta narxli modeli bo‘ladi!» (+video)

Xiaomi kompaniyasi o‘tgan yil noyabrning boshida Mi Note 10 smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu model aslida Xiaomi CC9 Pro’ning xalqaro bozorga mo‘ljallangan talqini hisoblanadi.

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger Zak Nelson (Zach Nelson) o‘zining JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan. Nihoyat, uning qo‘liga Xiaomi Mi Note 10 ham yetib keldi va vloger bu devaysning qanchalik mustahkamligini sinab ko‘rib, natijasini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur smartfonning displeyiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri hatto ekran shishasi tirnalgan holatida ham a’lo darajada ishlar ekan. Bukish testiga kelganda, Zak Nelsonning o‘zi ham hayratga tushdi: Mi Note 10’ni bukish yoki sindirish qiyin ekan!

Oxir-oqibatda videobloger Mi Note 10’ga tan berdi va uni Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni, deb e’lon qildi.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi Note 10 modeli O‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar bo‘yicha AnTuTu’ning yanvar reytingida ikkinchi o‘rinni, fevral reytingida esa to‘rtinchi o‘rinni olgan. Ushbu smartfonni aksiya doirasida 15 martgacha chegirma bilan xarid qilish imkoni ham mavjud.

O‘QING: JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.