Jeyms Bond damini olsin: Xitoyning josus mikrochiplari AQSh kompaniyalarining serveriga o‘rnatilgan ekan

  •   Saroy
  •  1050
  •  05.10.2018 13:02

Jeyms Bond damini olsin: Xitoyning josus mikrochiplari AQSh kompaniyalarining serveriga o‘rnatilgan ekan

Bloomberg nashrining tarqatgan ma’lumotlariga qaraganda, xitoylik josuslar amerikalik qariyb 30 dan ziyod kompaniyaning serverlariga kirib borgan, jumladan hukumatga xizmat ko‘rsatayotgan  Apple va Amazon kompaniyalarning serverlariga ham. Ushbu kompaniyalarning serverlariga josuslik yo‘li bilan mikrochiplar o‘rnatilgan. Xabarda aytilishicha, bunday hujum amerikaning Super Micro Computer Inc (qisqacha Supermicro) kompaniyasi orqali uyushtirilgan.

Ushbu operatsiya, davlat darajasidagi apparaturalarni buzib kirishning yorqin misoli bo‘la oladi. Xitoy qurolli kuchlari qismlarining biri mamlakat ishlab chiqaruvchilarini AQShga jo‘natayotgan serverlarga mikrochip o‘rnatishga majburlagan.  Chiplar guruch kattaligida bo‘lib, uskunalarni nazorat qilgan, “troyan” dasturiy kodini kiritib ma’lumotlarni saralagan.

O‘QING:HP noutbuklarida josus bor ekan!

Nashrning yozishicha, Amazon va Apple ichki tekshiruv o‘tkazganidan keyin ushbu xufyona hujumni aniqlagan va bu haqda AQSh hukumatiga ma’lum qilgan. Ammo, hozircha Amazon ham,  Apple ham Bloomberg tarqatgan ushbu ma’lumotlarni qat’iyan  rad etmoqda.

Amerika razvedkasining sobiq xodimlaridan biri ushbu holatga izoh berar ekan, o‘zining qamrovi jihatidan “hujum xuddi butun dunyoga qilinganidek” tuyulyapti deydi. Xabarda aytilishicha, mikrochiplarni qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad AQSh mudofaa vazirligi serveridagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazini nazorat qilish bo‘lgan. Shuningdek, MRBning uchuvchisiz uchiriladigan qurilmalari operatorlari hamda Harbiy dengiz floti kemalarining bort tarmoqlari ham josuslik nishonida bo‘lgan.  Jami 30 dan ziyod kompaniya, jumladan davlat buyurtmalarini bajaradigan firmalar va bitta yirik bank ham hujum qurboniga aylanibdi.

O‘QING:Apple kompyuterlarini josuslikda ayblashyapti

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!