Jeyms Kemeronning «Avatar» filmi asosida o‘yin chiqdi! (treyler)

  •   DiMaX
  •  458
  •  24.06.2021 14:30

Jeyms Kemeronning «Avatar» filmi asosida o‘yin chiqdi! (treyler)

Biz yaqinda E3 2021 tadbirida Microsoft va Bethesda namoyish etgan barcha 32 ta o‘yin treylerlarini bitta xabarda e’lon qilgan edik. Electronic Entertainment Expo o‘yinlar ko‘rgazmasining bu yilgisida Ubisoft kompaniyasi «Avatar: Frontiers of Pandora» nomli loyihani ham taqdim etgan.

O‘QING: Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, bu o‘yin taniqli rejissyor Jeyms Kemeron suratga olgan «Avatar» filmi asosida tayyorlangan. Avatar: Frontiers of Pandora o‘yinining birinchi treylerida o‘sha kinodagi manzaralarni ko‘ramiz: ko‘k tanli Navi odamlari, g‘aroyib jonivorlar, harbiy texnikali yovuz bosqinchi askarlar...

Janriga ko‘ra Avatar: Frontiers of Pandora birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi jangari o‘yin bo‘ladi. Ushbu loyihani Massive Entertainment studiyasi Lightstorm Entertainment hamda Disney bilan birga tayyorlamoqda.

Afsonaviy film asosidagi o‘yinning relizi 2022 yilga belgilangan va, Ubisoft’ning ta’kidlashicha, uning dvijogi yangi avlod konsollari va kompyuterlarga moslab maxsus yaratilgan. Ya’ni, Avatar: Frontiers of Pandora o‘yini nisbatan eski – PlayStation 4 hamda Xbox One konsollariga chiqmasa kerak

O‘QING: 2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.