JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2090
  •  17.12.2019 15:21

JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Qualcomm kompaniyasi yaqinda Snapdragon 865 flagman protsessorini namoyish qilgan edi. AnTuTu benchmarki uni sinovdan o‘tkazib, samaradorlik bo‘yicha rekordchi ekanligini e’lon qildi.

O‘QING: O‘n yillikning eng muhim yuzta gadjeti reytingi: yetakchi – salkam o‘n yillik smartfon!

Mutaxassislar keyingi yilda asosiy flagmanlarning «elektron yuragi» bo‘lishi kutilayotgan Snapdragon 865 chipsetini asosiy raqobatchilari bilan taqqoslab sinab ham ko‘rishdi. Buning uchun Qualcomm taqdim etgan etalon smartfon 5,9 dyuymlik displey, 12 GBlik tezkor hamda 128 GBlik ichki xotiraga va, tabiiyki, Snapdragon 865 protsessoriga ega. Testlar qurilmalarning avtonom ishlash vaqtiga emas, balki samaradorligiga e’tibor berilgan holda o‘tkazilgan.

AnTuTu sinovida Snapdragon 865 rekord darajada – 540 000 ball oldi: bu natija bozordagi har qanday protsessor, shu jumladan A13 Bionic ko‘rsatkichlaridan ham yuqori.

Lekin boshqa benchmarklarda sinovlar natijalari o‘zgacharoq: Geekbench 5 servisida Snapdragon 865 yakka yadroli testda 935, ko‘p yadrolisida esa 3450 ball olgan. Bu imtihonda A13 Bionic chipsetining baholari esa tegishlicha 1334 va 3480 ballga teng.

O‘QING: Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Speed Test GX 2.0 sinovida Snapdragon 865 tezkorroq chiqdi – 36,6 soniya; bunda Apple A13 Bionic natijasi 40 soniyaga, Snapdragon 855 natijasi esa 45,3 soniyaga teng:

Eslatib o‘tamiz: yuqorida ko‘rsatilgan natijalar bozorga chiqariladigan biror aniq smartfon modeli emas, balki Qualcomm tayyorlagan namunaviy prototip qurilmaga tegishli. Snapdragon 865 protsessorli ilk flagman smartfonlar kelasi yilning boshida taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Xiaomi «damini olsin» – Snapdragon 865 chipli smartfonni undan avval boshqasi chiqaryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!