Jinoyat va jazo: Apple 27 million dollar jarima to‘laydi

Jinoyat va jazo: Apple 27 million dollar jarima to‘laydi

Fransiya davlat tashkiloti DGCCRF (Générale de la concurrence, de la consommation et de la répression des - Raqobat bo‘yicha savollar, iste’molchi ishlari va firibgarlikka qarshi kurash bilan shug‘ullanish boshqarmasi) Apple 27.4 million dollar (25 million yevro) miqdorida jarima to‘lashini ma’lum qildi.Bu iOS qurilmalarining yangilanishi bilan bog‘liq. Chunki iOS yangilanishi eski qurilmalar faoliyatini cheklab qo‘ygan. Kompaniya, shuningdek, bir oylik muddat davomida bu jarayon uchun o‘z veb-saytiga izoh joylashtirishi kerak.

Bir necha yil oldin, Apple iOS (10.2.1 va 11.2) uchun yangilanish chiqargandi, bu yangilanish qurilmalar uchun yangi “xususiyatni“ taqdim etgan. Unga ko‘ra, agar batareya vaqt o‘tishi bilan asl quvvatini yo‘qotadigan bo‘lsa, Apple'ning dasturiy ta’minoti batareya tez energiya sarf qilmasligi uchun qurilma ishini sun’iy ravishda kamaytiradi. Bu qurilma ichidagi quvvat uzilishlarga sabab bo‘lishi va qurilma to‘satdan o‘chib qolishi ham mumkin.

Texnik nuqtai nazardan, ushbu funksiya oqilona g‘oya bo‘lsada, Appple ba’zi qurilmalarda ishlash tezligi cheklanishi to‘g‘risida foydalanuvchilarga xabar bermaslikka qaror qilgan. Kompaniya keyinchalik uzr so‘ragan va “Battery Health“ deb nomlangan yangi funksiyani taqdim etgan, bu funksiya batareyaning maksimal hajmini va qurilmaning maksimal ko‘rsatkichlarini tekshirishga imkon beradi.Muammo shunda ediki, ko‘plab foydalanuvchilar qurilma “to‘liq zaryadlangan“ holatda ham sekinroq ishlayotganini sezishgan. Ammo ular batareyani almashtirish bu muammoni hal qilishini bilishmagan. Ba’zi foydalanuvchilar esa smartfonlari juda yaxshi ishlayotganiga qaramasdan, iPhone sotib olishgan va puliga kuyishgan.

DGCCRF, shuningdek, iPhone foydalanuvchilari dasturiy ta’minotni oldingi versiyasiga qaytara olishmasligini ta’kidlaydi, ya’ni iPhone foydalanuvchilari qurilma faoliyatini pasaytiruvchi ushbu “xususiyat“ni olib tashlash imkoniyatiga ega emaslar.

Apple o‘zinging rasmiy veb-saytida e’lon qilgan bayonotida qonunga zid harakatini tan olish va 25 million yevro miqdorida jarima to‘lash bilan muammoni to‘grilashga rozi bo‘ldi.

O‘QING: Apple’ning eng xaridorgir gadjetlari ham koronavirusdan jabr ko‘ryapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!