Jizzaxda maktab direktorining o‘rinbosari Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

  •   DiMaX
  •  1175
  •  03.04.2021 12:42

Jizzaxda maktab direktorining o‘rinbosari Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M shu yilning 31 mart, chorshanba kuni 28 yoshli xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisiga tayanib, «Xabar.uz» ma’lum qildi.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Xabar qilinishicha, voqea soat tonggi 4:30 atrofida, ijarada yashab kelayotgan xonadonda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, er turmush o‘rtog‘i M.M.ning Telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘qib qolib, o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Oqibatda H.M. uyning mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan xotinining chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan hamda birlamchi xulosada M.M.ning o‘limiga bo‘yin sohasida sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi sabab bo‘lgani keltirilgan.

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan H.M.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.