Jonli efirda ko‘rsatiladi: qaysar xaker niyatidan voz kechmayapti

  •   Saroy
  •  726
  •  30.09.2018 15:15

Jonli efirda ko‘rsatiladi: qaysar  xaker niyatidan voz kechmayapti

Yaqindagina Facebook ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujumi uyushtirilgan edi. Natijada 50 millionta akkaunt buzib kirilgan. Endi esa yana yangi tahdidlar avj olmoqda. Bu gal tayvanlik xaker Chan Chi-Yan Mark Sukerbergning o‘ziga tegishli sahifani buzub kirishi haqida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tahdid Chan Chi-yan tomonidan 29 sentyabrda boshlangan edi. Lekin keyinchalik u  bu niyatidan kechganini, Mark Sukerbergning Facebook-sahifasini buzmasligini aytdi. Lekin qaysar xaker niyatini baribir amalga oshiradigan ko‘rinadi.

Bugun, ya’ni 30 sentyabrda  Chang yana Facebook asoschisi Mark Sukerberning sahifasini buzib kirib, o‘chirib tashlashga va’da berdi. Qolaversa, u bu ishni jonli efirda namoyish qilishini ma’lum qilgan. Xabarda aytilishicha, translyasiya bugun Kiyev vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi. Natija esa bir necha soatdan keyin ma’lum bo‘ladi.

O‘QING:«Oq xaker» Sukerbergning akkkauntini buzishdan voz kechdi – Facebook uning «og‘zini moyladi»!

24 yoshli Chang Chi-Yun turli saytlarning ojiz tomonlarini qidirish bilan shug‘ullanadi. So‘ngra ularni buzib kiradi va egasiga bagni ko‘rsatadi, ammo tekinga emas, ma’lum mukofot evaziga, albatta.

Tayvan orolida  Chang  bir nechta yirik saytlarni buzib kira olgani uchun, ancha mashhur bo‘lgan. Masalan, bundan bir necha yil avval, u mahalliy transport kompaniyasining chiptalar sotish tizimini buzib kirib, atigi bir tayvan dollariga chipta (taxminan 0,03 dollar) sotib olgan edi. Xuddi shu narxda u yana  Apple Pay orqali 500 iPhone sotib oldi. Bundan tashqari, yigitcha  ayni paytda Apple va  Tesla orqasidan ham “ov” boshlab yuborgan. 

O‘QING:BUNAQASI BO‘LMAGAN: «oq xaker» Sukerbergning Facebook-sahifasini shu tarmoqdagi jonli efirda buzib tashlashga so‘z berdi!