«Jonli» foto: Huawei Mate 20 kamida to‘rtta kamerali bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1267
  •  26.06.2018 14:41

«Jonli» foto: Huawei Mate 20 kamida to‘rtta kamerali bo‘ladi!

Ko‘pchilik smartfonsozlar ikkita modulli asosiy kameraga ega modellarni taqdim etayotgan bir paytda Huawei uchta ob’yektivli bosh kamerasi bo‘lgan ilk telefon – Huawei P20 Pro modelini namoyish etgandi. Xitoylik texnogigant bu bilangina cheklanib qolmasdan, yanada ilgarilab ketmoqchi, shekilli.

O‘QING: Rasmiy: Huawei P20 Pro — hayratomuz smartfon taqdim qilindi!

SlashLeaks resursi e’lon qilgan «jonli» fotosuratdagi smartfon hali rasman namoyish etilmagan Huawei Mate 20 modeli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, smartfon displeyining atrofida yupqa romlar mavjud, uning tepa qismida «o‘yiq» yo‘q. Buning o‘rniga, ekran ustida qo‘sh ob’yektivli old kamera ko‘zga tashlanadi. Huawei Mate 20’ning asosiy kamerasi esa kamida qo‘shaloq bo‘lishi kutilmoqda – agarda uchta modulli bo‘lmasa!

O‘QING: To‘rtta bosh kamerali Huawei Mate 20 videosini ko‘ramiz!

Aytish kerakki, yaqinda bo‘lib o‘tgan CES Asia 2018 anjumanida qatnashgan Huawei kompaniyasi vakili Mate 20 turkumining joriy yil oktyabrida taqdim etilishini aytgan.

Huawei Mate 20 korpusi va ekranining o‘lchamlari hozircha noma’lum. Mate 10 modelining displeyi esa diagonaliga 5,99 dyuymni tashkil etadi. Yangi turkumda LCD-ekran o‘rniga OLED-displey qo‘llanishi ehtimoli yuqori.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga qaraganda, Mate 20 hamda Mate 20 Pro modellari Huawei’ning yangi – Kirin 980 protsessori hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira bazasida ishlaydi. Mate 20 Pro talqini 6.9 dyuymlik OLED-displeyga ega bo‘lishi kutilayotir. Bundan tashqari, flagmanning premial – Porsche Design versiyasi ham chiqariladi.

O‘QING: Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!