«Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  1163
  •  01.04.2019 12:32

«Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Xiaomi kompaniyasining subbrendi – Redmi o‘zining bir qator yangi smartfonlari bilan e’tiborga tushib ulgurgan. Endi uning flagman modeli eng ilg‘or android-protsessor – Snapdragon 855 bilan ta’minlanadi, deyishyapti.

O‘QING: Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Kuni kecha internetda tarqalgan rasmda kompaniya direktori Ley Szun (Lei Jun) qo‘lida qanaqadir smartfon ushlagan holda aks ettirilgan. Lekin uning oldida – stolda yotgan telefon e’tiborga loyiq: manbalarga ko‘ra, bu – ayni o‘sha, Snapdragon 855 chipli Redmi flagmanidir:

Xabarlarga ko‘ra, mazkur qurilma prototip tarzida allaqachon ichki sinovdan o‘tkazilmoqda. Ammo bu surat asosida u haqida biror nima deyish qiyin.

O‘QING: Atigi 120 dollarlik Redmi 1A namoyish qilindi, lekin u smartfon emas!

Shunday bo‘lsa-da, smartfonda quloqchin ulash uchun 3.5 millimetrlik audiotirqish saqlanib qolganini payqash qiyin emas. Qurilmaning quvvat olish va ma’lumot almashish porti ko‘rinmayotganiga qaraganda, bu – smartfonning yuqori qirrasidir.

Yana bir muhim ma’lumot: ushbu rasmni taqdim etgan manbaning ta’kidlashicha, mazkur Redmi flagmanining old kamerasi korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.