«Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

  •   DiMaX
  •  1701
  •  15.04.2019 12:04

«Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

Redmi brendi qudratli Snapdragon 855 protsessori bazasida hamyonbop smartfon chiqarishi ma’lum. Shu oy boshida korporatsiya rahbari o‘sha model bilan «qo‘lga tushgan», keyin uning Redmi Pro 2 deb nomlanishi aytilgan. Lekin bu modelning nomlanishidan tashqari dizayni, xususan, old kamerasi tuzilishi borasida ham ikki xil ma’lumotlar tarqalgan.

O‘QING: Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

Ya’ni, dastlab Redmi Pro 2 nomli mazkur modelda old kamera korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘lishi, daktiloskopi esa displeyga joylanishi aytilgan edi. Keyinchalik e’lon qilingan videoda esa ushbu xususiyatlarga ega bo‘lmagan smartfon «jonli» ko‘rsatilgan. «Redmi 855» deb atalganiga qaraganda, bu o‘sha – SD 855 (Qualcomm Snapdragon 855) chipli model bo‘lishi kerak.

Ammo Xiaomi bundan boshqa, yuqorida ta’kidlangan yuksak jihatlarga ega yana bir Redmi flagmanini ham tayyorlagan ko‘rinadi. Sudhanshu1414 nikli mashhur insayder Twitter’da uning «jonli» rasmini e’lon qildi:

Xabarga ko‘ra, ushbu suratni dastlab Weibo ijtimoiy tarmog‘iga Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘limi rahbari Van Ten Tomas (Wang Teng Thomas) yuklagan. Keyin u o‘z xatosini anglab qolib, tezda o‘z akkauntidan bu rasmni olib tashlagan, lekin ungacha foydalanuvchilar ko‘chirib olishga ulgurishgandi.

O‘QING: Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Guvohi bo‘lib turganingizdek, smartfon korpusining yuqori qirrasida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan tashqari, korpus ichidan chiquvchi kamera mexanizmi ham mavjud. Manbalarga ko‘ra, bu o‘sha – Snapdragon 855 protsessoriga ega Redmi flagmani bo‘ladi.

Lekin avvalroq e’lon qilingan yana bir suratda uning kamerasi o‘rtaroqdan chiqqan va quloqchin tirqishi yo‘q edi:

Kim biladi, balki «xitoycha Apple» eng zo‘r chipni Redmi brendi ostidagi ikkita (balki hatto uchta!) modelida qo‘llayotgandir. Ulardan biri Redmi Pro 2, ikkinchisi esa Redmi 855 deb nomlanayotgan bo‘lsa ham ajabmas.

Afsuski, hozircha bu modellarning taqdimot va sotuv sanasi ma’lum emas. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!