Jonli muloqotni xush ko‘ruvchilar uchun yangi tarif rejasi chiqdi

  •   DiMaX
  •  2195
  •  17.10.2020 07:50

Jonli muloqotni xush ko‘ruvchilar uchun yangi tarif rejasi chiqdi

Bilayn mobil aloqa operatori shu oyning boshida ommabop tarifini, 12 oktyabrdan cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilgan edi. Kuni kecha esa bu kompaniya yana bitta arzon tarif rejasini yopib qo‘ygan.

O‘QING: Operatordan har kuni bonuslarga ega bo‘ling!

Beeline saytidagi rasmiy xabarga ko‘ra, kompaniya yangi «ALLO» tarif rejasini taqdim etdi. Operatorning ta’kidlashicha, u ko‘p muloqotni xush ko‘ruvchi va internetdan foydalanmaydigan abonentlar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

«ALLO» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 15 000 so‘mga teng. Shu narx evaziga oyiga 600 daqiqa hamda 600 SMS-xabar to‘plamlari taqdim etiladi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu tarif rejasida abonent to‘lovi doirasida internet-to‘plam ko‘zda tutilmagan.

O‘QING: Kunlik va oylik maxsus internet-to‘plamlar chiqdi!

Shuningdek, «ALLO» tarif rejasida kunlik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish ham mumkin. Bunda kuniga 600 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga har kuni 20 daqiqa va 20 ta SMS-xabar beriladi.

Mavjud abonentlar bu tarifga o‘tishlari uchun hisoblarida kamida 15 250 so‘m mablag‘ bo‘lishi lozim.

«ALLO» tarif rejasining qolgan shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!