«Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

  •   DiMaX
  •  1368
  •  24.04.2019 09:32

«Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi ostida Snapdragon 855 chipli hamyonbop flagman tayyorlayotgani ma’lum. Ayrim xabarlarga ko‘ra, hatto ikkita modelda shu protsessor qo‘llanadi va kamida bittasining old kamerasi korpus ichidan chiqadi.

O‘QING: «Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

Redmi brendi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) so‘zlariga ko‘ra, ushbu flagman bitta quvvat bilan uzoq vaqt ishlay oladi va anchagina arzon turadi. Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri esa, shartli ravishda Redmi 855 deb nomlanayotgan mazkur smartfonning «jonli» rasmini e’lon qilgan:

To‘g‘ri, surat sifati juda past, lekin baribir u devaysning old kamerasi korpus ichidan chiqishini tasdiqlaydi. Zero, ekran uning old panelini deyarli butunlay qoplagan va unda na «tirqish», na «kemtik» ko‘rinmaydi. Dizayniga ko‘ra u flagmanlar kushandasi – OnePlus 7 modeliga ham o‘xshab ketadi, ammo texnik jihatlariga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmasa kerak.

O‘QING: Redmi Y3 benchmarkda: Xiaomi ziqnaligimi yoki Geekbench xatoligi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!