«Jonli» rasmlar: Hali taqdim etilmagan Meizu 16S benchmarkda Galaxy S10’dan ustun keldi!

  •   DiMaX
  •  1604
  •  03.04.2019 10:52

«Jonli» rasmlar: Hali taqdim etilmagan Meizu 16S benchmarkda Galaxy S10’dan ustun keldi!

Meizu brendi O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelgan bo‘lsa-da, unchalik mashhur emas, ammo bu kompaniyasi mahsulotlari Xiaomi’nikidan qolishmaydi. Jumladan, uning Meizu 16 (sotib olish) modeli hatto AnTuTu reytingida ikkinchi o‘rinni olganini alohida ta’kidlasak arziydi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Mazkur kompaniya hozirda o‘zining Meizu 16S flagmanini taqdimotga tayyorlamoqda. Aslida ushbu modelni muxlislar anchadan beri kutishmoqda, Terabayt.uz saytida ham u haqda ko‘plab ma’lumotlar e’lon qilingan.

Kecha esa internetda Meizu 16S flagmanining Geekbench servisidagi natijasi aks etgan «jonli» rasm tarqaldi. Uning samaradorligini hozirgi zamonning eng kuchli smartfonlaridan biri sanalmish Galaxy S10 bilan taqqoslab ko‘rsatishgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, yakka yadroli testda janubiy koreyaliklarning flagmani 3523 ball olgan bo‘lsa, uning xitoylik raqibi 3778 ochko bilan ustun kelgan! Ko‘p yadroli sinovda esa Galaxy S10 ustun – 10663 ball; Meizu 16S esa 10493 ballik natija ko‘rsatgan. Umuman olganda, sintetik testda bu ikki flagmanning kuchlari o‘zaro teng kelgan.

O‘QING: Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Samaradorligidan tashqari, ushbu suratda Meizu 16S tashqi ko‘rinishini ham qisman baholash mumkin. Uning yuqori va pastki qismlari ataylab yashirilgan, ammo ekranining yon romlari o‘ta yupqa.

Shuningdek, mazkur gadjetning orqa paneli aks ettirilgan yana bir «jonli» surat ham internetga chiqqan:

Aytish kerakki, Meizu 16S mana shu oydayoq taqdim etilib, taxminan 450 dollar narxida sotuvga qo‘yiladi. Kompaniyaning turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa atigi 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.