«Jonli» surat barcha yangi iPhone’larning rasmiy nomlariga aniqlik kiritdi!

  •   DiMaX
  •  1380
  •  26.09.2020 09:40

«Jonli» surat barcha yangi iPhone’larning rasmiy nomlariga aniqlik kiritdi!

Yaqindagina biz Apple o‘zining bu yilgi smartfonlaridan birini iPhone 12 mini deb nomlayotganini e’lon qilgan edik. Endi ushbu xabar rasman tasdiqlandi!

O‘QING: iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Internetda kecha tarqalgan yangi suratda o‘n ikkinchi avlod ayfonlar uchun silikondan tayyorlangan rasmiy himoya g‘iloflarining nakleykalari aks etgan. Ulardan har birining ustiga tegishli smartfonning ekran o‘lchami qizil rang bilan «qo‘lda» yozib ham qo‘yilgan.

Suratdagi stikerlarni yaqinlashtirib qarasak, g‘iloflarning har biri iPhone 12 turkumining aynan qaysi modeliga mo‘ljallangani ham yozib qo‘yilganini ko‘ramiz:

Demak, displeyi diagonaliga 5,4 dyuymlik smartfon chindan ham iPhone 12 mini deb atalayotgan ekan. Ikkinchi g‘ilof bazaviy iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlariga mo‘ljallangan va ularning ikkalasi ham bir xil o‘lchamda bo‘lib, 6,1 dyuymlik ekranga ega. Va nihoyat, korpusi eng yirik, displeyi 6,7 dyuymlik model esa iPhone 12 Pro Max deb nomlanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, to‘rtala ayfon ham OLED-displey hamda 5G moduliga ega bo‘ladi. Ulardan uchta «katta»si 5 nanometrlik tex-jarayon asosida tayyorlangan Apple A14 Bionic chipseti, iPhone 12 mini esa samaradorligi undan pastroq bo‘lgan Apple B14 protsessori bazasida ishlaydi.

Kupertinoliklar yangi iPhone’lar taqdimotini 13 oktyabrda o‘tkzishlari kutilmoqda. Keyinroq esa...

O‘QING: Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!