«Jonli» surat eng arzon Samsung smartfonining yangi jihatlarini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  636
  •  01.07.2020 14:01

«Jonli» surat eng arzon Samsung smartfonining yangi jihatlarini fosh etdi

Janubiy koreyalik kompaniya eng arzon Galaxy A01 Core smartfonini tayyorlagan. Kuni kecha insayder Evan Blass (Evan Blass) uning birinchi rasmini ko‘rsatgan edi.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Endi esa Samsung Galaxy A01 Core orqa qopqog‘ining «jonli» rasmi internetga chiqib ketdi. Ushbu surat Evan Blass taqdim etgan renderning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi: insayder hatto orqa qopqoqning qiya chiziqlarga ega ekanini ham bilgan ekan.

Smartfon orqa qopqog‘ining o‘zi alohida ekanligi esa Galaxy A01 Core modelining akkumulyatori chindan ham korpusdan olinadign bo‘lishidan dalolat bermoqda.

O‘QING: «Yengillashtirilgan» flagman – Galaxy S20 Lite haqidagi yangi ma’lumotlar bilan tanishing

Shu bilan birga, yangi suratlar Galaxy A01 Core modelining yangi xususiyatlarini ham namoyon etdi. Masalan, bu smartfon korpusining pastki qirrasida standart quloqchin tirqishi, mikrofon tirqishi va dinamikdan tashqari, hozirgi kunda eskirib borayotgan MicroUSB porti ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A01 Core smartfoni MediaTek MT6739WW protsessori va atigi 1 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda shunga mos tarzda «yengillashtirilgan» Android 10 Go operatsion tizimiga ega. Akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA/soatlik bo‘lgan ushbu qurilma shu yozda taqdim qilinadi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!