«Jonli» surat Galaxy S11’larning rekordchi jihatini fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  3291
  •  07.11.2019 17:48

«Jonli» surat Galaxy S11’larning rekordchi jihatini fosh etdi!

Samsung kompaniyasining navbatdagi flagman smartfonlari xususida bir qator ma’lumotlar e’lon qilganmiz. Ice Universe nikli mashhur informator Galaxy S11 akkumulyatori borasida yangi xabarni ulashdi.

O‘QING: «Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

Unga ko‘ra, Galaxy S11 modellarida akkumulyator sig‘imi Samsung tarixidagi barcha flagmanlarga nisbatan eng katta bo‘ladi. Turkumning eng ixcham vakili – Samsung Galaxy S11e batareyasi 4000 mA/soatlik bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, u o‘z «ajdod»i – Galaxy S10e (sotib olish) modelining cho‘zinchoq akkumulyatoridan farqli ravishda, kvadratga yaqinroq shakl oladi.

Kutilayotgan flagmanlar turkumining eng yirigi – Samsung Galaxy S11+ esa naq 5000 mA/soatlik akkumuyatorga ega bo‘ladi. Bu esa smartfonning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ham bir sutka ishlay olishini ta’minlaydi.

Galaxy S11 turkumi kelasi yil fevralning oxirida taqdim etilishi kutilayotir. Samsung’ning shu paytgacha chiqqan aksariyat telefonlarini esa atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!