«Jonli» surat: Nokia sir tutayotgan tugmachali Android-telefon «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  1421
  •  19.07.2019 10:03

«Jonli» surat: Nokia sir tutayotgan tugmachali Android-telefon «qo‘lga tushdi»!

Android operatsion tizimi tugmachali telefonlarga ham joriy etilishi haqida aprel oyidayoq xabar bergandik. Endi esa buning haqiqiy isboti bo‘lgan rasm internetda tarqaldi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

Quyidagi «jonli» suratda aks etgan tugmachali telefon Android tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uni taqdim etgan manba qurilmaning ishlab chiqaruvchisini ma’lum qilmagan. Biroq g‘ilofi bo‘lsa ham telefonning Nokia brendiga qarashli ekanini payqash qiyin emas.

Nokia hozircha tugmachali Android-telefonini sir tutib kelayotir, ammo uning allaqachon tayyor ekani endi ma’lum. Ko‘rib turganingizdek, uning ish stoli «yashil robotchali» smartfonlar uslubida, ammo sal farqlari ham bor. Ya’ni, qidiruv maydonchasi o‘rniga ovozli yordamchini chaqirish belgichasi qo‘yilgan. Lekin ekranning ostida o‘sha bizga tanish piktogrammalar qatori, ularning markazida esa asosiy menyu klavishi. Yuqori qatorda uyali aloqa signali, soat va hokazo ma’lumotlar aks etgan – barchasi Android-smartfonlardagi kabi.

Mazkur telefonning modeli, qachon taqdim etilishi va hokazolar ma’lum emas. Biroq uni Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallab tayyorlashayotgan bo‘lishi ehtimoli katta. Zero, shu yo‘l bilan Google arzon bozorni yanada ko‘proq egallab olishni ko‘zlamoqda, Nokia uchun ham bu manfatli yo‘ldir.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Nokia, Xiaomi va Philips brendlarining tugmachali telefonlarini atigi 239 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Atigi 12 yevrolik Energizer E12 chiqdi – multimediali dual-SIM telefon!