«Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

  •   DiMaX
  •  7106
  •  27.08.2019 14:52

«Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Tarixdagi eng mashhur shaxslardan biri, Apple asoschisi va direktori bo‘lgan Stiv Jobs ayni paytda eng ko‘p muhokama qilinadigan kishilar safiga ham kiradi. Uning aforizmga aylangan gaplari, ishlatgan gadjetlari, turmush tarzi va shaxsiy hayoti hamisha ko‘pchilik uchun qiziq.

O‘QING: Apple Park'da xodimlardan tushlikka pul olish Stiv Jobsning orzusi bo‘lgan (muhim sabab bor)

Reddit forumida esa ayni kunlarda qiziq bir surat qizg‘in muhokama qilinmoqda: unda Stiv Jobsga quyib qo‘yganday o‘xshaydigan kishi aks etgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur fotosurat Qohiradagi kafelardan birida tushirilgan.

Bilasizki, Stiv Jobs saratonga qarshi kechgan uzoq kurashdan so‘ng, 2011 yili – ellik olti yoshida olamdan o‘tgan. Shunga qaramay, ayrimlar uning o‘lganiga hanuz ishonishmaydi va uni yashirinib olgan, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, «olmali» kompaniya asoschisi biznes bilan shug‘ullanishdan va hamisha diqqat markazida bo‘lishdan charchagan. Shu boisdan Jobs o‘z o‘limi sahnasini uyushtirib, xotirjamgina yashash mumkin bo‘lgan biror tinch joyga ko‘chib ketgan.

O‘QING: Tadqiqot: Stiv Jobs uzog‘roq yashashi mumkin edi

Bir necha kun avval Facebook tarmog‘ida paydo bo‘lgan yuqoridagi surat esa shunday o‘ylovchilarning «informatsion ishtahasini qo‘zg‘ab» yubordi. Garchi bu rasmning qachon tushirilgani aniq bo‘lmasa-da, shu kunlarda olinganini da’vo qilishmoqda. Qiyofa o‘xshashligidan tashqari, undagi yana bir nechta jihatlar e’tiborni tortadi.

Rasmdagi kishi oyoqyalang o‘tiribdi – Stiv Jobs ham kompaniya yig‘ilishlarida shunaqa qilgan. Shuningdek, ba’zi Reddit foydalanuvchilari Jobs o‘zi avvaldan Misrni xush ko‘rganligini hamda sodda hayot tarziga intilganligini ta’kidlashgan. Rasmdagi erkakning holati ham Apple asoschisining mashhur suratidagi turishiga o‘xshab ketadi:

Xuddi qiyofadoshi singari, bu kishining ham sochlari siyrak va oqargan, yana ko‘zoynagini aytmaysizmi!? Lekin u anchagina sog‘lom ko‘rinadi, Stiv Jobs esa umrining so‘nggi yillarida zaiflashib qolgandi.

O‘QING: Apple "olmasi" nega "tishlangan"ini ko‘pchilik bilmaydi

Skeptiklar esa Apple asoschisining qiyofadoshi uchrab qolganiga ajablanishmayapti, ayniqsa, uning Misrda ko‘zga tashlanganiga. Zero, garchi Stivning o‘zi Kaliforniyada tug‘ilgan esa-da, Uning otasi – Abdulfattoh Jon Jandaliy aslida Suriyadan kelib qolgan emigrant edi. Suriya va Misrning jo‘g‘rofiy jihatdan ham o‘zaro yaqinligini hisobga olsak, arab mamlakatlaridan birida Jobsga juda o‘xshash kishi mavjudligi tabiiy hol.

Xullasi kalom, ushbu suratdagi kishi Stiv Jobs ekanligining biror isboti yo‘q. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham, rasm ancha ilgari – uning o‘zi hayotligida tushirilgan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!