«Jonli» surat Xiaomi Mi Mix 4’ning bir nechta «fishka»sini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  631
  •  27.07.2021 09:17

«Jonli» surat Xiaomi Mi Mix 4’ning bir nechta «fishka»sini fosh etdi

Xiaomi korporatsiyasi ko‘pdan buyon kutilayotgan Mi Mix 4 smartfonini ko‘rinmas ekranosti kamera hamda orqa panel displeyi bilan ta’minlashi aytilgan. Biz mazkur flagmanni har tomonidan ko‘rsatuvchi videoni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Endi esa Digital Chat Station nikli ishonchli tarmoq informatori Weibo tarmog‘ida Xiaomi Mi Mix 4 haqidagi ayrim ma’lumotlarni oshkor etdi. Shu bilan birga, u mazkur flagman ekrani uchun tayyorlangan himoya shishasining «jonli» rasmini ham tarqatdi:

Mazkur fotosuratga qarab, Xiaomi Mi Mix 4 displeyining ayrim muhim jihatlarini bilib olish mumkin. Jumladan, uning tepa qismi o‘ta nozik, pastki tarafi esa undan sal qalinroq romga ega. Ekranning ikki yoni esa biroz qayrilma tarzda ishlangan.

Biroq mazkur smartfonning asosiy o‘ziga xosligi ekranosti old kamera bo‘lib, yuqoridagi rasm ham buni tasdiqlamoqda. Unda selfi-kamera uchun kemtik yoki tirqish yo‘qligiga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 4 old kamera datchigi displeyning ortiga o‘rnatilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Samsung'ni ortda qoldirib yetakchilikni qo‘lga oldi