«Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

  •   DiMaX
  •  3991
  •  17.03.2020 10:06

«Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

Samsung Galaxy S20 Ultra modeli – naq 16 gigabaytlik tezkor xotiraga ega jahondagi ilk smartfondir. 4 gigabaytlik «operativka»ga ega iPhone 11 Pro Max esa uning oldida kulgili tuyuladi, ammo...

O‘QING: Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

PhoneBuff kanali Samsung hamda Apple’ning ushbu ikki flagmanini ilovalarning ishga tushirilish tezligi bo‘yicha taqqoslab ko‘rdi. Ushbu kanalda bu kabi sinovlar robotlashtirilgan manipulyatorni qo‘llagan holda amalga oshirilishi ahamiyatli.

Mana, tajriba jarayonining «jonli» videosini tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, yakuniy hisobda Samsung qurilmasi g‘alaba qozondi, lekin birinchi doirada iPhone undan tezkorroq chiqdi. Barcha test ilovalari va o‘yinlarni faol holda ushlab turish uchun kupertinoliklarning flagmaniga aynan tezkor xotira hajmi salgina yetishmay qoldi.

Lekin naq to‘rt baravar katta hajmli tezkor xotiraga ega smartfon ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, oradagi farq minimal darajada. Bu esa yirik «operativka»li smartfon – marketing aldovi ekanligi haqidagi fikrga hamohangdir.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...