«JONLI» TEST VIDEOSI: iPhone 11 Pro Max kuchlimi, yoki uning yarim narxidagi Xiaomi Mi 10 Pro?

  •   DiMaX
  •  3701
  •  29.02.2020 14:55

«JONLI» TEST VIDEOSI: iPhone 11 Pro Max kuchlimi, yoki uning yarim narxidagi Xiaomi Mi 10 Pro?

Xiaomi korporatsiyasi yaqinda navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro modellarini namoyish qilgan. Bulardan ikkinchisi DxOMark servisida ham kamera, ham ovoz imkoniyatlari bo‘yicha eng zo‘r smartfon, deb topilgan.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xo‘sh, Antutu benchmarkida 585 232 ballik rekord natija ko‘rsatgan ushbu smartfonning samaradorligi amalda qanaqa o‘zi? NickBrazer nikli YouTube-bloger shunga aniqlik kiritish maqsadida uni real sharoitlarda sinab ko‘rsatdi. Bunda xitoyliklarning flagmaniga raqobatchi sifatida uncha-muncha emas, naq iPhone 11 Pro Max tanlangan.

Shunday qilib, vloger bu ikki flagmanda kundalik ilovalar va o‘yinlarning ishga tushirilishi, qanaqa tezlikda Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi va fayllar yuklashi, videoni qanchalik tezkor ko‘rib chiqishi va hokazo vazifalar bo‘yicha tezkorlikni sinab ko‘rgan.

Shuningdek, smartfonlar kamerani qanchalik tez ochishi, tezda old kameraga o‘tishi va rasmga olishi kabilarni ham, PUBG kabi «og‘ir» o‘yinlarning yuklanish tezligini ham solishtirgan. Har bir vazifaning bajarilishidagi g‘alaba uchun smartfonlarga bittadan ball berib borgan va oxirida yakuniy xulosani chiqargan.

O‘QING: «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!

Oxir-oqibatda, umumiy ballar miqdoriga ko‘ra Xiaomi Mi 10 Pro g‘olib chiqqan. Lekin ayrim vazifalarda iPhone 11 Pro Max yaqqol ustunlikka ega – masalan, video rendering qilishga u atigi 13 soniya sarflagan, xitoyliklarning flagmaniga esa buning uchun salkam bir yarim daqiqa vaqt kerak bo‘lgan. Shuningdek, Xiaomi smartfonida o‘yinlarning yuklanishi ham ancha sekin kechgan.

Mana, samaradorlik testini quyidagi videoda tomosha qilamiz:

Aksariyat vazifalarda bu ikki smartfon deyarli bir xil natija ko‘rsatganiga qarab shunday xulosa qilish mumkin: zamonaviy flagmanlar aksariyat hollarda bir xil tezlikda ishlaydi. Faqat videoni qayta ishlash va o‘yinlar yuklash va o‘ynash kabi nisbatan murakkabroq vazifalarda Apple smartfonlari ustunlikka ega.

Lekin narxidagi farq ham ahamiyatli – Xiaomi flagmani Xitoyning o‘zida eng zo‘r ayfonning salkam yarim narxida sotilyapti, axir!

O‘QING: Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!