Jonli test videosi: iPhone 12 va iPhone 11 suv ostida sinab ko‘rildi!

  •   DiMaX
  •  1218
  •  27.10.2020 14:22

Jonli test videosi: iPhone 12 va iPhone 11 suv ostida sinab ko‘rildi!

Apple korporatsiyasi 23 oktyabrdan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining savdosini boshladi va shundan buyon internetda yangi qurilmaga oid turli testlar ko‘paymoqda. Bu safar iPhone 12 suvda cho‘kmaslik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilib, uning natijalari iPhone 11’niki bilan taqqoslandi, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Har ikkala smartfon ham IP68 reytingiga ega bo‘lsa-da, Apple ularga turlicha ta’rif beradi. Kompaniyaning rasmiy saytida iPhone 11’ni suvdan himoyalash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

«iPhone 11 suv va chang ta’sirlariga chidamli hamda maxsus laboratoriya sharoitlarida sinovdan o‘tkazilgan. iPhone 11 IEC 60529 standarti bo‘yicha IP68 reytingiga ega (2 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha tura oladi)».

iPhone 12 haqida esa quyidagilar yozilgan:

«iPhone 12 va iPhone 12 mini suv va chang ta’sirlariga chidamli hamda maxsus laboratoriya sharoitlarida sinovdan o‘tkazilgan. Qurilma IEC 60529 standari bo‘yicha IP68 reytingiga ega (6 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha tura oladi)».

Sinovning dastlabki bosqichida ikkala smartfon ham 2 metrli suv ostiga yarim soatga tushirilgan. Qurilmalarning sensor ekrani, mikrofon va boshqa funksiyalari ishlashni davom etgan.

Ikkinchi bosqichda esa iPhone 12 va iPhone 11 5,49 metrli chuqurlikka tushirilgan. Smartfonlar mazkur sinovdan ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Ammo bloger bu bilan to‘xtab qolmay, smartfonlarni 9,14 metr chuqurlikka tushirgan. 21 daqiqali sinovdan so‘ng iPhone 12 va iPhone 11 ishlashda davom etgan.

O‘QING: iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Mana, smartfonlarning suv ostidagi sinov videosini tomosha qilamiz:

Ta’kidlanishicha, smartfonlarning bu kabi sinovlarga bardosh berishi ularni har kuni bunday sharoitlarda sinash lozimligini bildirmaydi.

«Tabiiy yemirilish davomida suv va changga bardoshlilik pasayishi mumkin. Nam iPhone’ni quvvatlantirishga urinmang: uni foydalanuvchi qo‘llanmasida keltirilgan tavsiya bo‘yicha yaxshilab arting. Suyuqlik orqali yetkazilgan zarar kafolat bilan qoplanmaydi», – deyiladi Apple ma’lumotida.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!