«Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

  •   DiMaX
  •  2170
  •  05.11.2020 14:05

«Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Apple’ning yangi smartfonlari – iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro avtonomlik testida nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Shuningdek, Antutu benchmarkining yangi reytingida ular hatto kuchli beshtalikka ham kira olmagan. Bulardan tashqari...

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

YouTube tarmog‘idagi mashhur PhoneBuff kanali iPhone 12 Pro modelining ilovalar ishlatishdagi tezligini Galaxy Note 20 Ultra fabletiniki bilan taqqoslab ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, bu – Samsung’ning eng so‘nggi va eng kuchli flagmani bo‘lib, Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus chipseti bazasida ishlaydi.

Amerikalik chipsozning flagman protsessoridan tashqari, ushbu smartfon naq 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ham ega. Uning raqibi – iPhone 12 Pro texnik ta’minoti asosini esa Apple A14 Bionic chipseti hamda 6 gigabaytlik «operativka» tashkil etadi.

Test jarayoni ikki bosqichda o‘tkazilgan: birinchisida smartfonlarda turli ilovalarni ketma-ket ochib, bunga sarflangan vaqt hisoblangan; ikkinchisida esa ochilgan ilovalarni fondan qayta ishga tushirishga ketgan umumiy vaqt e’tiborga olingan.

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Tekshiruvning birinchi bosqichini iPhone 12 Pro modeli 1 daqiqayu 41 soniyada yakunlagan bo‘lsa, Galaxy Note 20 Ultra ayni shu ilovalarni ochishga 1 daqiqa va 55 soniya vaqt sarflagan. Ikkinchi bosqichni esa kupertinoliklarning smartfoni 43 soniyada, janubiy koreyaliklarning planshetofoni esa 46 soniyada tugatgan.

Yakuniy hisobda Samsung flagmani testda o‘z raqibidan 17 soniyaga ortda qolgan. To‘g‘ri, bu unchalik katta ko‘rsatkich emas, lekin ayfon bu g‘alabaga raqibinikidan naq ikki baravar kam hajmli tezkor xotira bilan erishganini ham hisobsha olishimiz darkor.

Shu tariqa, Apple smartfonning tezkorligida tezkor xotira hajmidan ko‘ra dasturiy optimizatsiya muhimroq ekanini yana bir bor isbotladi. Bu borada esa Android operatsion tizimi iOS’dan orqada qolmoqda.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.