«JONLI» VIDEO: Allaqachon «xitoycha» Samsung Galaxy S10+ chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1864
  •  03.12.2018 12:37

«JONLI» VIDEO: Allaqachon «xitoycha» Samsung Galaxy S10+ chiqdi!

Janubiy koreyalik texnogigant kelasi yilning fevralida Galaxy S10 turkumidagi flagman smartfonlarini taqdim etishni rejalashtirgan. Internetda allaqachon ularning «jonli» suratlari va 5G tarmog‘ida ishlayotgani aks etgan videosi ham tarqalib ulgurgan.

O‘QING: Android-smartfonlarning yangi «qirol»ini qarshi oling – u AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Ustasi farang xitoyliklar bo‘lsa allaqachon Samsung Galaxy S10+ modelining klonini yasashga ulgurishibdi! Internetda tarqalayotgan videoda uning qadog‘ini ochib, smartfonni uloqtirishadi va jamlanmaga kirgan boshqa aksessuarlarini ham ayamasdan sindirib, qirqib ko‘rsatishadi:

Videolavhada ko‘rsatilgan qurilmaning o‘zi ham, qadog‘i va jamlanmasidagi unsurlar ham – barchasi Samsung uslubida ishlangan. Qutiga «Samsung Galaxy S10+» yozuvi tushirilgan, ichida hatto quloqchin, quvvatlash uskunasi va kabeli ham solingan – hammasi haqiqiyga o‘xshaydi.

O‘QING: Ekrani «tirqish»li Galaxy S10 yana ikki jihatiga ko‘ra rekord o‘rnatyapti!

Ammo e’tibor bilan qaralsa, barchasi qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ladi. Jumladan, smartfon odatiy transportirovka plyonkasiga ega emas, korpusining orqa qopqog‘i ham plastikka o‘xshayapti. Shuningdek, ekran atrofidagi romlar judayam katta. Ammo umumiy dizayni Samsung gadjetlari uslubida.

Aytib o‘tish o‘rinliki, Samsung kelasi yilda naq oltita flagman smartfon taqdim etishni mo‘ljallagan. Bular: uchta modeldagi Galaxy S10, buklama Galaxy Flex, yubiley flagmani – Beyond X hamda Galaxy Note 10 fableti. Janubiy koreyalik gigantning hozirgacha bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet do‘konimizda 899 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!