«Jonli» video: Eng tezkor Xiaomi Mi Charge Turbo orqali simsiz quvvatlanayotgan Mi 9S Pro 5G!

  •   DiMaX
  •  1245
  •  09.09.2019 15:33

«Jonli» video: Eng tezkor Xiaomi Mi Charge Turbo orqali simsiz quvvatlanayotgan Mi 9S Pro 5G!

Xiaomi kompaniyasi bugun – 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Xiaomi Mi Charge Turbo texnologiyasini namoyish qildi. Bu – eng tezkor simsiz quvvatlash texnologiyasi bo‘lib, smartfon va boshqa gadjetlarni zaryadlaydi.

O‘QING: Dunyodagi eng tezkor quvvatlagich rasman namoyish qilindi!

Xiaomi Mi Charge Turbo texnologiyasi 4000 mA/soatlik akkumulyatorni atigi 69 daqiqada butkul to‘ldira oladi, uni 50 foiz quvvatlashga esa bor-yo‘g‘i 25 daqiqa kifoya qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, tezkor simsiz quvvatlash texnologiyasi turli aksessuarlarni Xiaomi Mi Charge Turbo’ni qo‘llab-quvvatlovchi smartfondan zaryadlashda ham qo‘llanadi.

Ushbu texnologiya 30 vattlik quvvat bilan simsiz zaryadlaydi, ammo taqdimotda Xiaomi’ning ta’kidlashicha, u allaqachon 40 vattlik simsiz quvvatlash texnologiyasi ustida ham ishlayapti.

Marosimda aytilishicha, Xiaomi Mi Charge Turbo texnologiyasi bilan taqdim etiladigan ilk smartfon Xiaomi Mi 9S Pro 5G modeli bo‘ladi. Bu – so‘nggi kunlarda tarqalayotgan xabarlarda Xiaomi Mi 9S, Xiaomi Mi 9 5G hamda Xiaomi Mi 9 Pro 5G nomlari bilan aytilayotgan, dunyodagi eng arzon 5G-smartfon bo‘lishi mumkin, kuni kecha u TENAA’da qo‘lga tushgan ham edi.

O‘QING: Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

Matbuot anjumanida, shuningdek, Xiaomi Mi Charge Turbo simsiz quvvatlash stansiyasidan zaryad olayotgan Xiaomi Mi 9S Pro 5G smartfoni «jonli» aks etgan videoni ham ko‘rsatishgan:

Videolavhadan ma’lum bo‘lishicha, zaryadlovchi stansiyaning yuzasida ekran bo‘lmasa-da, unda smartfon qo‘yilgan joyni ko‘rsatuvchi yorug‘lik-diod nuri bo‘ladi. Agarda stansiya ustiga ikkita smartfon qo‘yilsa, ularni navbatma-navbat quvvatlaydi – dastlab birinchi qo‘yilgan qurilma zaryadlanadi.

O‘QING: Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!