«Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  3555
  •  13.04.2019 13:27

«Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

Samsung kompaniyasi bu yil beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oluvchi Galaxy S10 5G superflagmanini taqdim etgandi. O‘z vatanida 5 apreldan sotuvga chiqqan mazkur smartfonni 26 aprelda AQSh bozoriga ham taqdim etishadi.

O‘QING: Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

Phone Battles videokanali allaqachon uni Apple’ning o‘tgan yilgi flagmani – iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rib, mazkur jarayon videosini YouTube’ga joyladi.

Bloger Exynos 9820 protsessori bazasida ishlovchi Galaxy S10 5G modelini turli jihatlariga ko‘ra iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatgan. Jumladan: internet tezkorligi, Fortnite va PUBG o‘yinlarining ishlash, Geekbench, Chrome va boshqa ilovalarning ochilish tezligi, asosiy va old kameralarining ishlashi, autentifikatsiya tizimi va hokazo.

Xullas, o‘n ikki yarim daqiqalik sinov jarayonini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Videobloger mazkur taqqoslash natijalariga ko‘ra biror flagmanni g‘olib, deya e’lon qilmagan – xulosa chiqarishni har kimning o‘ziga qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizdan «oddiy» Galaxy S10 flagmanini xarid qilish, uning yanada ilg‘or – Galaxy S10+ talqinini sotib olish, shuningdek, iPhone XS Max smartfonini xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: iPhone’lar ham arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 27 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!