«JONLI» VIDEO: Galaxy S10’ni ayovsiz tirnab-bukib sinab ko‘rishdi

  •   DiMaX
  •  3757
  •  02.03.2019 16:56

«JONLI» VIDEO: Galaxy S10’ni ayovsiz tirnab-bukib sinab ko‘rishdi

Mashhur videobloger Zak Nelson turli qurilmalar ustida o‘tkaziluvchi mustahkamlik sinovlari bilan mashhur. Jumladan, yaqindagina u Xiaomi rosa maqtagan bitta modelni sinab, videosini o‘zining YouTube-kanaliga joylagandi.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Xullasi kalom, fevralning oxirida namoyish etilgan Samsung Galaxy S10 flagmani ham Zak Nelson qo‘liga yetib keldi. Vloger uni kanselyariya pichoqchasi bilan tirnab, qo‘li bilan bukishga urinib ko‘rdi.

Yaxshisi, bu jarayonni o‘zingiz tomosha qiling:

Galaxy S10 modelida Samsung yangicha texnologiya qo‘llagan – displey ostiga boshqalar qatori optik emas, balki ultratovushli daktiloskopik sensor joylagan. Nelson ushbu skanerning tirnashlardan so‘ng qanday ishlashini tekshirib ko‘rdi – shikastlanganiga qaramasdan, mazkur datchik barmoq izini tanish tezligi va aniqligini yo‘qotmadi.

Umuman, Galaxy S10 korpusi yetarlicha mustahkam chiqdi – videobloger kuch bilan uringanida ham uni buka olmadi. Ushbu flagmanning 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega variantini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 9 825 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Jumladan, hozirda mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10 flagmani allaqachon Terashop.uz’da! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 28 fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.