«JONLI» VIDEO: iPhone SE 2020 kushandasi sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi – uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2621
  •  25.07.2020 11:54

«JONLI» VIDEO: iPhone SE 2020 kushandasi sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi – uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

OnePlus kompaniyasi yaqindagina o‘zining hamyonbop Nord smartfonini namoyish etgan edi. OnePlus Nord hali 4 avgustdan sotuvga chiqadi, lekin allaqachon uning uchun oldindan buyurtma ochilgan.

O‘QING: Android 11’ning «shirin» nomi ma’lum bo‘ldi

Mazkur smartfonning rasmiy taqdimotidan keyinoq Amazon onlayn do‘konida tegishli sahifa ochilgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus Nord’ga allaqchon 4 million nafardan oshiq kishi qiziqish bildirgan! To‘rt millionlik ko‘rsatkich – Amazon India do‘koni uchun mobil qurilmalar tarixida mutlaq rekorddir.

Bundan tashqari, videoblogerlar allaqachon OnePlus Nord’ning qadog‘ini ochib, smartfonning o‘zini yoqib, ishlatib ko‘rsatilgan roliklarni e’lon qila boshlashgan:

Eslatib o‘tamiz, bu qurilmani iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modelining asosiy raqibi, deb hisoblashmoqda.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.