«Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2413
  •  05.03.2020 11:01

«Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

Internetda yangi paydo bo‘lgan Project Sandcastle (inglizchada «Qumdan qurilgan qasr») loyihasi doirasida dasturchilar Apple smartfonlariga Android operatsion tizimini o‘rnatish bilan shug‘ullanishmoqda. Garchi loyiha hozircha beta-test bosqichida bo‘lsa-da, shovvozlar allaqachon iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus modellariga Google ishlab chiqqan operatsion tizimni o‘rnatishga erishishgan.

O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Android tizimli ayfondan hozircha to‘laqonli foydalanib bo‘lmaydi, chunki ko‘plab muhim komponentlari: ovoz, Bluetooth va kamera kabilar ishlamaydi. Ularni ham ishga tushirish – murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon bo‘lib, barcha drayverlarni va tizimning boshqa qismlarini yangicha apparat ta’minotiga moslab qaytadan yozib chiqishni talab etadi. Shu boisdan, vaqti kelib ularning barchasini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi.

Yangi tizimdagi proshivkani ayfonga o‘rnatish jarayoni oddiy Android-smartfonga kastom proshivka o‘rnatishdan aytarli farq qilmaydi. Mana, quyidagi videoda buni tomosha qilamiz:

Project Sandcastle saytida allaqachon iPhone 7 hamda 7 Plus uchun Android proshivkalarini ko‘chirib olish havolalari ham berilgan. Lekin dasturchilarning o‘zlari ularni asosiy smartfonga o‘rnatmaslikni tavsiya etishmoqda.

Ushbu loyiha mualliflarining fikricha, Android tizimi yordamida iPhone imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Yoki eski ayfonni tashlab yubormasdan, unga «ikkinchi hayot» baxsh etish imkoni yuzaga keladi. Biroq dasturchilar iPhone’lar uchun to‘laqonli Android operatsion tizimini yarata oladilarmi-yo‘qmi – bunisi hozircha qorong‘u.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!