«Jonli» video ishlayotgan Galaxy S10+’ning asosiy kamchiligini «sotib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  2446
  •  14.02.2019 10:25

«Jonli» video ishlayotgan Galaxy S10+’ning asosiy kamchiligini «sotib» qo‘ydi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarini taqdimotdan avval faol reklama qila boshlagan. Jumladan, kecha ularning turli xususiyatlari haqidagi uchta videoni hamda reklama bannerini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung rasmiy reklama roliklarida Galaxy S10’larning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib berdi!

Lekin MobileFun internet-do‘koni e’lon qilgan navbatdagi «jonli» videoni bu smartfonlar uchun teskari reklama, desak ham xato bo‘lmaydi. Ushbu lavha Samsung o‘z hamkorlari uchun o‘tkazgan maxsus matbuot brifingida suratga olingan.

 Bu videorolikda maket emas, balki haqiqiy Galaxy S10+ ishlayotgan holida namoyish qilingan. Mana, birga tomosha qilamiz:

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu yerda Samsung maqtayotgan ultratovushli daktiloskopik datchikning asosiy kamchiligi ko‘rinib qolgan. Gap shundaki, ekran ustiga yotqizilgan himoya shishasida, aynan ekrandagi barmoq izi skaneri ustida tirqish ochilgan. Ya’ni, ushbu sensor hamoya shishasi ostida ishlay olmaydi va uning ustini ochiq qoldirishga to‘g‘ri keladi.

Ushbu seriya flagmanlari 20 fevralda taqdim etiladi, allaqachon bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!