«Jonli» video: PlayStation 5 ishlash tezligini Sony hozirgi konsoli bilan solishtirib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1428
  •  21.05.2019 15:45

«Jonli» video: PlayStation 5 ishlash tezligini Sony hozirgi konsoli bilan solishtirib ko‘rsatdi!

Yapon kompaniyasi o‘zining beshinchi avlod o‘yin konsoli – PlayStation 5 modelini va uning uchun o‘yinlarni ham tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Qizig‘i – ushbu o‘yin pristavkasi narxining teng yarmi AMD Ryzen 3600G protsessorining o‘zigagina tegishli!

O‘QING: Sony PlayStation 5: narxi va xususiyatlari, taqdimot va sotuvga chiqish vaqti

Sony ushbu o‘yin pristavkasining sirlarini birma-bir oshkor etishda davom etayotir. The Wall Street Journal nashri jurnalisti Takashi Mochizuki unda o‘yinlarning yuklanish tezligini namoyon etuvchi videoni e’lon qildi:

Ko‘rib turganingizdek, O‘rgimchak-odam haqidagi yangi o‘yinning PlayStation 5 pristavkasida yuklanishi bir soniyadan ham kamroq vaqt olgan! Sony’ning ayni damdagi eng kuchli konsoli – PlayStation 4 Pro modelida esa u 8 soniyadan oshiqroq vaqt oladi – orada naq 10 karralik farq bor!

Yangi avlod o‘yin konsoli nafaqat o‘yinlarni yuklashda, balki bevosita o‘yin jarayonining o‘zida ham misli ko‘rilmagan samaradorlik namoyon etadi. Biroq uning rasmiy taqdimotiga hali ancha vaqt bor, PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsoli esa Terashop.uz internet-do‘konimizda yanada arzonlashgan – uni endi 2 665 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!